https://oz.sputniknews.uz/20230831/uzbekistan-airways-mahalliy-parvozlar-samolyot-38456516.html
"Uzbekistan Airways" yana bir samolyot sotib oldi — parvozlar qayerga amalga oshiriladi?
"Uzbekistan Airways" yana bir samolyot sotib oldi — parvozlar qayerga amalga oshiriladi?
Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan Airways ikkinchi LET L-410 havo kemasini tantanali ravishda qabul qilib oldi.
2023-08-31T17:28+0500
2023-08-31T17:28+0500
2023-08-31T18:22+0500
jamiyat
o‘zbekiston
aviaparvozlar
samolyot
uzbekistan airways
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1f/38455145_0:477:1023:1052_1920x0_80_0_0_f6ac997df4f066f07e9c004f86dd2879.jpg
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. "Uzbekistan Airways" mahalliy parvozlar uchun yana bir samolyot sotib oldi, deya xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.Uzbekistan Airways ikkinchi LET L-410 havo kemasini tantanali ravishda qabul qilib oldi.Havo kemasi Toshkentdan O‘zbekistonning turli shaharlariga parvozlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va o‘z ichiga 19 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi. Ushbu turdagi havo kemasi ishonchliligi, xavfsizligi va ekstremal iqlim sharoitida ishlash qobiliyati bilan ajralib turadi. Ushbu turdagi samolyotlar besh qit’aning 60 dan ortiq mamlakatlarida foydalaniladi. U qisqa masofalarga yo‘lovchilar va yuklarni havoda tashish uchun ideal texnik hamda eng yaxshi iqtisodiy yechimdir. Ular qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklariga, shu jumladan tuproqli yerga qo‘nishi mumkin.Eslatib o‘tamiz, iyul oyida "Uzbekistan Airways" LET L-410 samolyotlarini xarid qilgan edi. Yangi samolyotlar o‘ta qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklaridan ucha oladi, bu esa respublika bo‘ylab yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytiradi hamda Zarafshon, Shahrisabz va Andijon kabi shaharlarga reyslarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1f/38455145_87:596:722:1073_1920x0_80_0_0_fab56d71ddf4b86b295625f886358cac.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
uzbekistan airways mahalliy parvozlar samolyot let l-410
uzbekistan airways mahalliy parvozlar samolyot let l-410
"Uzbekistan Airways" yana bir samolyot sotib oldi — parvozlar qayerga amalga oshiriladi?
17:28 31.08.2023 (yangilandi: 18:22 31.08.2023) Uzbekistan Airways ikkinchi LET L-410 havo kemasini tantanali ravishda qabul qilib oldi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. "Uzbekistan Airways" mahalliy parvozlar uchun yana bir samolyot sotib oldi, deya xabar berdi aviakompaniya
matbuot xizmati. Uzbekistan Airways ikkinchi LET L-410 havo kemasini tantanali ravishda qabul qilib oldi.
"LET L-410 rusumli ikkita samolyot barcha aerodrom operatsiyalari tugagandan so‘ng Zomin, Zarafshon, Shahrisabz va So‘x kabi shaharlarga parvozlarni amalga oshirishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ushbu havo kemalari qisqa ichki yo‘nalishlarda ham foydalaniladi", deyiladi xabarda.
Havo kemasi Toshkentdan O‘zbekistonning turli shaharlariga parvozlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va o‘z ichiga 19 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi.
“Ushbu samolyot respublika ichidagi mahalliy yo‘nalishlarni rivojlantirish doirasida xarid qilingan”, deyiladi xabarda.
Ushbu turdagi havo kemasi ishonchliligi, xavfsizligi va ekstremal iqlim sharoitida ishlash qobiliyati bilan ajralib turadi. Ushbu turdagi samolyotlar besh qit’aning 60 dan ortiq mamlakatlarida foydalaniladi.
U qisqa masofalarga yo‘lovchilar va yuklarni havoda tashish uchun ideal texnik hamda eng yaxshi iqtisodiy yechimdir. Ular qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklariga, shu jumladan tuproqli yerga qo‘nishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida "Uzbekistan Airways" LET L-410 samolyotlarini xarid qilgan edi. Yangi samolyotlar o‘ta qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklaridan ucha oladi, bu esa respublika bo‘ylab yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytiradi hamda Zarafshon, Shahrisabz va Andijon kabi shaharlarga reyslarni yo‘lga qo‘yish
imkonini beradi.