https://oz.sputniknews.uz/20230831/si-tszinpin-shavkat-mirziyovni-mustaqillik-kuni-bilan-tabrikladi-38466354.html
Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston mustaqilligining 32-yilligi bilan tabriklamoqda. 31.08.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-08-31T20:34+0500
2023-08-31T20:34+0500
2023-09-01T11:47+0500
o‘zbekiston
xitoy
tabrik
mustaqillik kuni
samimiy tabrik
si szinpin
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28225962_0:53:3066:1778_1920x0_80_0_0_699fb1fd723447762e494dc3ed24d1d5.jpg
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. O‘z tabrik so‘zida Xitoy yetakchisi O‘zbekistonda o‘tkazilgan konstitutsion reformani yuqori baholadi hamda O‘zbekiston bilan munosabatlarni alohida qadrlashini bildirdi. "Bu yil O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon alohida muhim yil bo‘ldi. Mamlakatingizda yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum va muddatidan oldin Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilib, O‘zbekistonning yuksalishi va bardavom taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratildi. Sizning rahnamoligingiz ostida Yangi O‘zbekiston barpo etilishida yanada katta yutuqlarga erishilishiga ishonaman.Joriy yilning may oyida Siz “Markaziy Osiyo–Xitoy” sammitida ishtirok etdingiz va Xitoyga davlat tashrifini amalga oshirdingiz. Biz Xitoy-O‘zbekiston umumiy taqdir hamjamiyatini barpo etish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim kelishuvlarga erishdik."Bir makon, bir yo‘l" uchinchi xalqaro hamkorlik forumida ishtirok etish uchun joriy yil oktabr oyida yana Xitoyga kelishingizni intiqlik bilan kutib qolaman.Birodar O‘zbekiston xalqiga farovonlik va baxt-saodat tilayman!" - deyiladi Xitoy yetakchisining tabrik so‘zida.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28225962_167:0:2898:2048_1920x0_80_0_0_5b1a6aad39c6e7b82502fbe80eb40042.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, xitoy, tabrik, mustaqillik kuni, samimiy tabrik, si szinpin, shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston, xitoy, tabrik, mustaqillik kuni, samimiy tabrik, si szinpin, shavkat mirziyoyev
Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
20:34 31.08.2023 (yangilandi: 11:47 01.09.2023) Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston mustaqilligining 32-yilligi bilan tabriklamoqda.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
O‘z tabrik so‘zida Xitoy yetakchisi O‘zbekistonda o‘tkazilgan konstitutsion reformani yuqori baholadi hamda O‘zbekiston bilan munosabatlarni alohida qadrlashini bildirdi.
"Bu yil O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon alohida muhim yil bo‘ldi. Mamlakatingizda yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum va muddatidan oldin Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilib, O‘zbekistonning yuksalishi va bardavom taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratildi. Sizning rahnamoligingiz ostida Yangi O‘zbekiston barpo etilishida yanada katta yutuqlarga erishilishiga ishonaman.
Joriy yilning may oyida Siz “Markaziy Osiyo–Xitoy” sammitida ishtirok etdingiz va Xitoyga davlat tashrifini amalga oshirdingiz. Biz Xitoy-O‘zbekiston umumiy taqdir hamjamiyatini barpo etish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim kelishuvlarga erishdik.
"Bir makon, bir yo‘l" uchinchi xalqaro hamkorlik forumida ishtirok etish uchun joriy yil oktabr oyida yana Xitoyga kelishingizni intiqlik bilan kutib qolaman.
Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlariga alohida ahamiyat qarataman. Siz bilan o‘rnatilgan hamkorlik munosabatlarimiz va shaxsiy do‘stligimizni yuksak qadrlayman. Davlatlarimizning har tomonlama strategik sherikligining barqaror va izchil rivojlantirish hamda xitoy-o‘zbek hamjamiyatining qurilishiga yangi turtki berish uchun Siz bilan hamkorlik qilishga tayyorman.
Birodar O‘zbekiston xalqiga farovonlik va baxt-saodat tilayman!" - deyiladi Xitoy yetakchisining tabrik so‘zida.