https://oz.sputniknews.uz/20230831/rossiyaning-uch-shahrida-bugundan-ozbekiston-mevalari-sotila-boshlaydi-38423587.html
Rossiyaning uch shahrida bugundan O‘zbekiston mevalari sotila boshlaydi
Rossiyaning uch shahrida bugundan O‘zbekiston mevalari sotila boshlaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mevalari bugundan boshlab Kurgan, Chelyabinsk va Ufa shaharlarining savdo rastalarida sotila boshlaydi.
2023-08-31T08:22+0500
2023-08-31T08:22+0500
2023-08-31T08:22+0500
o‘zbekiston - rossiya
hamkorlik
meva-sabzavot
farg‘ona viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/06/29751056_0:90:3319:1957_1920x0_80_0_0_01f00fe3937045713115af3324cae5a4.jpg
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishidagi faoliyati doirasida Rossiyaning Uraldagi yirik shirkatlari bilan aloqalarini rivojlantirib bormoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.Shu maqsadda O‘zbekiston diplomatlari joriy yilning 15-avgustida Chelyabinsk va Kurgan shaharlariga amalga oshirgan tashriflari doirasida “Metropolis” savdo tarmog‘i (Chelyabinsk, Kurgan va Ufadagi 100 ga yaqin oziq-ovqat do‘konlariga ega) rahbari Maksim Slavin bilan uchrashuv o‘tkazishdi.Ikki shirkat o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida 17-avgustda “Metropolis” savdo tarmog‘iga qarashli “Perekrestok” MChJ va "Umid agro" MChJ o‘rtasida 500 million rubl miqdoridagi shartnoma imzolandi.Joriy yilning 29-avgustida 20 tonna nektarin navli shaftoli ortilgan birinchi yuk mashina Kurgan shahriga kirib keldi va “Perekrestok” MChJga qarashli omborxonaga tushirildi."Umid agro" MChJ muassislaridan biri Akmaljon Yigitaliyevning ma’lum qilishicha, navbatdagi yuk mashinasi Farg‘onadan Kurganga qarab yo‘lga chiqqan.O‘zbekiston mevalari bugundan boshlab Kurgan, Chelyabinsk va Ufa shaharlarining savdo rastalarida sotila boshlaydi.
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/06/29751056_294:0:3025:2048_1920x0_80_0_0_03d0eba8a945c1c315b55a2f14c878aa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya o‘zbekiston
Rossiyaning uch shahrida bugundan O‘zbekiston mevalari sotila boshlaydi
O‘zbekiston mevalari bugundan boshlab Kurgan, Chelyabinsk va Ufa shaharlarining savdo rastalarida sotila boshlaydi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishidagi faoliyati doirasida Rossiyaning Uraldagi yirik shirkatlari bilan aloqalarini rivojlantirib bormoqda. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. Shu maqsadda O‘zbekiston diplomatlari joriy yilning 15-avgustida Chelyabinsk va Kurgan shaharlariga amalga oshirgan tashriflari doirasida “Metropolis” savdo tarmog‘i (Chelyabinsk, Kurgan va Ufadagi 100 ga yaqin oziq-ovqat do‘konlariga ega) rahbari Maksim Slavin bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuv natijasida Farg‘ona viloyati Quva tumani Bo‘ston qishloq fuqarolar yig‘inidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga ixtisoslashgan "Umid agro" MChJ bilan “Metropolis” savdo tarmog‘i o‘rtasida aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
Ikki shirkat o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida 17-avgustda “Metropolis” savdo tarmog‘iga qarashli “Perekrestok” MChJ va "Umid agro" MChJ o‘rtasida 500 million rubl miqdoridagi shartnoma imzolandi.
Joriy yilning 29-avgustida 20 tonna nektarin navli shaftoli ortilgan birinchi yuk mashina Kurgan shahriga kirib keldi va “Perekrestok” MChJga qarashli omborxonaga tushirildi.
"Umid agro" MChJ muassislaridan biri Akmaljon Yigitaliyevning ma’lum qilishicha, navbatdagi yuk mashinasi Farg‘onadan Kurganga qarab yo‘lga chiqqan.
O‘zbekiston mevalari bugundan boshlab Kurgan, Chelyabinsk va Ufa shaharlarining savdo rastalarida sotila boshlaydi.