https://oz.sputniknews.uz/20230831/rossiya-turkiya-tiv-rahbarlari-prezidentlar-uchrashuv-38465145.html
Rossiya va Turkiya TIV rahbarlari prezidentlarning bo‘lajak uchrashuvini muhokama qildi
Rossiya va Turkiya TIV rahbarlari prezidentlarning bo‘lajak uchrashuvini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Hakan Fidan Moskvada prezidentlar Vladimir Putin va Rejep Tayyib Erdog‘anning bo‘lajak uchrashuvi kun tartibini muhokama qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Putin va Erdog‘an uchrashuvi Sochida sentabr oyi boshida bo‘lib o‘tadi. Rossiya matbuot kotibi bu ma’lumotni tasdiqlagan. Kreml uchrashuv sanasi haqida keyinroq rasmiy ma’lumot berishini ta’kidlagan.
2023-08-31T19:25+0500
2023-08-31T19:25+0500
2023-08-31T19:25+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
sergey lavrov
rossiya
turkiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1f/38463865_239:123:2933:1638_1920x0_80_0_0_3118bb5f6ae1c45c2b03900dd8b4fbaa.jpg
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Rossiya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Hakan Fidan Moskvada prezidentlar Vladimir Putin va Rejep Tayyib Erdog‘anning bo‘lajak uchrashuvi kun tartibini muhokama qildi.Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Turkiya o‘rtasida ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy va xalqaro kun tartibida samarali muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Vazirlarning Moskvadagi uchrashuvi ikki davlat yetakchilarining ko‘rib chiqishiga sifatli tavsiyalarni tayyorlashga imkon beradi.OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Putin va Erdog‘an uchrashuvi Sochida sentabr oyi boshida bo‘lib o‘tadi. Rossiya matbuot kotibi bu ma’lumotni tasdiqlagan. Kreml uchrashuv sanasi haqida keyinroq rasmiy ma’lumot berishini ta’kidlagan.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1f/38463865_378:115:2606:1786_1920x0_80_0_0_9595cff7a741bd7d2af463f5e8715774.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin erdog‘an uchrashuv sochi
putin erdog‘an uchrashuv sochi
Rossiya va Turkiya TIV rahbarlari prezidentlarning bo‘lajak uchrashuvini muhokama qildi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Moskvada tashrif bilan bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Rossiya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Hakan Fidan Moskvada prezidentlar Vladimir Putin va Rejep Tayyib Erdog‘anning bo‘lajak uchrashuvi kun tartibini muhokama qildi.
“Prezidentlar o‘zlarining navbatdagi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rayotganini inobatga olib, men ular uchrashuvida muhokama qilinadigan masalalarni batafsil ko‘rib chiqishimiz mumkin deb hisoblayman”, - dedi Lavrov Fidan bilan
muzokaralarda.Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Turkiya o‘rtasida ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy va xalqaro kun tartibida samarali muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Vazirlarning Moskvadagi uchrashuvi ikki davlat yetakchilarining ko‘rib chiqishiga sifatli tavsiyalarni tayyorlashga imkon beradi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Putin va Erdog‘an uchrashuvi Sochida sentabr oyi boshida bo‘lib o‘tadi. Rossiya matbuot kotibi bu ma’lumotni tasdiqlagan. Kreml uchrashuv sanasi haqida keyinroq rasmiy ma’lumot berishini ta’kidlagan.