“Talabalarga qulaylik”: hududlardan Toshkentga qo‘shimcha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© Press-slujba Ministerstva transportaTashkentskiy avtovokzal.
Tashkentskiy avtovokzal. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2023
Obuna bo‘lish
Yangi o‘quv yili munosabati bilan ayrim yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. 2023-2024-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarning o‘z vaqtida yetib borishi uchun bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi:
Urganch - Toshkent;
Xiva - Toshkent;
Buxoro - Toshkent;
Toshkent - G‘ijduvon;
Toshkent - Qorako‘l;
Toshkent - Shofirkon.
Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023-yilning 3-sentabr kuniga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Vazirlik avtobuslar chiptalarini Urganch shahridagi avtovokzaldan, Buxoro shahri avtoshohbekatidagi chiptaxonadan yoki elektron tarzda xarid qilish mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha davlat oliy va professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi — 2023/2024 o‘quv yili 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0