https://oz.sputniknews.uz/20230831/mirziyoev-saudiya-kompaniyasi-boshqaruvi-raisini-qabul-qildi-38424338.html
Mirziyoyev Saudiya kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi
Mirziyoyev Saudiya kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev bugungi kunda O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan “ACWA Power” bilan samarali sheriklik darajasini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
2023-08-31T09:15+0500
2023-08-31T09:15+0500
2023-08-31T11:51+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
saudiya arabistoni
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1f/38424153_0:42:1280:763_1920x0_80_0_0_d6a43ddee44ad3de4b3d8ff7b5740a7b.jpg
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 30-avgust kuni “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayanni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Saudiyaning ushbu kompaniyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va O‘zbekistondagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.Zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari, shamol va quyosh energetikasi obyektlari, energetika infrutizilmasini barpo etish, “yashil” vodorod ishlab chiqarish, ilg‘or texnologik yechimlar asosida uskuna va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.Uchrashuv yakunida “ACWA Power” raisi uning faoliyati yuksak baholangani va davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangani uchun O‘zbekiston yetakchisiga chuqur minnatdorlik bildirdi.
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1f/38424153_186:80:1046:725_1920x0_80_0_0_785bcc2729fc035f6fbb36379064d99b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev saudiya kompaniyasi
mirziyoyev saudiya kompaniyasi
Mirziyoyev Saudiya kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi
09:15 31.08.2023 (yangilandi: 11:51 31.08.2023) Mirziyoyev bugungi kunda O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan “ACWA Power” bilan samarali sheriklik darajasini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 30-avgust kuni “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayanni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Saudiyaning ushbu kompaniyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va O‘zbekistondagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mirziyoyev bugungi kunda O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan “ACWA Power” bilan samarali sheriklik darajasini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
Zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari, shamol va quyosh energetikasi obyektlari, energetika infrutizilmasini barpo etish, “yashil” vodorod ishlab chiqarish, ilg‘or texnologik yechimlar asosida uskuna va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, Muhammad Abunayan hamraislik qilayotgan qo‘shma Ishbilarmonlar kengashi doirasida Saudiyaning yetakchi kompaniya va bank institutlarini O‘zbekistonga jalb qilish borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida “ACWA Power” raisi uning faoliyati yuksak baholangani va davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangani uchun O‘zbekiston yetakchisiga chuqur minnatdorlik bildirdi.