Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIning Yevropa Ittifoqi va SSSRdan farqi nimada – ekspert javobi

© SputnikLeonid Xolod
Leonid Xolod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyalik taniqli mutaxassis YeOIIning Yevropa Ittifoqi va sobiq SSSRdan farqini tushuntirib berdi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. YeOIIning Yevropa Ittifoqi va SSSRdan farqi nimada, degan savolga Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirining sobiq o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori Leonid Xolod Sputnik Gruziyaga hikoya qilib berdi.

Yevropa Ittifoqi

Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod davlat juda ko‘p shartlarni bajarish kerak va bir qator majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olish kerak. Bu talablar bajarilgandan so‘ng ham Ittifoqqa qabul qilish yoki qilinmaslik dargumon. (35 yil davomida YeIga nomzod bo‘lgan, lekin unga qabul qilinmagan Turkiya bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin – tahr.)
Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish davlatning iqtisodiy suverenitetiga jiddiy ta’sir qiladi. Chunki YeI a’zolari o‘z iqtisodiyot tarmoqlaridan ayrimlarini qo‘llab-quvvatlash boshqalarni esa qisqartirish majburiyatini oladi. Masalan, YeIga a’zo bo‘lish uchun Gruziyaga vino sanoatini qisqartirish talab qilishsa, menimcha, bu ko‘pchilikka ma’qul kelmaydi, deydi mutaxassis.
YeIga a’zo bo‘lgan davlat siyosiy va iqtisodiy vakolatlarning bir qismini o‘zida saqlab qoladi, bir qismini esa Brusselga topshirishga majbur. Agar Gruziya bu yo‘ldan borishni istasa, u o‘z suverenitetining bir qismini yo‘qotishi muqarrar.

YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) kelsak, unga a’zo bo‘lish osonroq, sizga hech qanday siyosiy talablar qo‘yilmaydi. Bu shunchaki umumiy bozorlarga ega bo‘lgan ittifoq.
YeOII a’zolari esa oldin ham oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy bozoriga ega bo‘lgan, sobiq SSSR davlatlari. Shu sababli ham biz uchun oldingi poydevorlarga asoslanib buni amalga oshirish osonroq.

YeOIIning SSSRdan asosiy farqi – u vakolatlarni markazga topshirishni talab qilmaydi, chunki markazning o‘zi yo‘q. YeOIIning yagona boshqaruv organi esa oliy darajadagi rahbarlardan iborat bo‘lib u juda murakkab kelishuvlar mexanizmi asosida ishlaydi.

Shu sababli ham YeOIIga kirish oson va tez, u an’anaviy bozorlarga yo‘l ochadi va unda hech bir davlat, hudud yoki guruhning iqtisodiy manfaatlariga zid bo‘lgan talab yo‘q.
Mutaxassis fikri bilan batafsil quyidagi videoda tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0