https://oz.sputniknews.uz/20230830/zelenskiy-va-bayden-ortasidagi-birinchi-uchrashuv-haqiqiy-janjalga-aylangan-38411995.html
Zelenskiy va Bayden o‘rtasidagi birinchi uchrashuv haqiqiy janjalga aylangan — OAV
Zelenskiy va Bayden o‘rtasidagi birinchi uchrashuv haqiqiy janjalga aylangan — OAV
Sputnik O‘zbekiston
Muallifning aytishicha, siyosatchilarning 2021-yil yozidagi birinchi uchrashuvida Zelenskiy o‘zini noprofessional tutib, Amerika yetakchisiga ko‘plab talablar qo‘ygan.
2023-08-30T18:03+0500
2023-08-30T18:03+0500
2023-08-30T18:03+0500
dunyoda
ukraina
vladimir zelenskiy
jo bayden
nato
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/12/38005323_0:309:3071:2036_1920x0_80_0_0_aff589bf30396acc581d870ed62d2186.jpg
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi birinchi uchrashuv haqiqiy janjalga aylangan, deb yozadi “The Guardian” amerikalik jurnalist Franklin Foyerning “So‘nggi siyosatchi” kitobida chop etilgan ma’lumotlarga tayanib.Muallifning aytishicha, siyosatchilarning 2021-yil yozidagi birinchi uchrashuvida Zelenskiy o‘zini noprofessional tutib, Amerika yetakchisiga ko‘plab talablar qo‘ygan. Xususan, u Ukrainaning NATOga kirishini so‘ragan, shuningdek, Fransiya va Germaniyaning ittifoqdan yaqinda chiqishi haqida g‘alati bayonot bergan va blokni ahamiyati pasaygan o‘tmish yodgorligi deb atagan. Kitobda, shuningdek, Zelenskiy o‘z hamkasbini “zaif” siyosatchi deb hisoblagani, chunki Amerika prezidenti ularning uchrashuvi oldidan “Shimoliy oqim - 2” gaz quvuri qurilishi bilan shug‘ullangan Rossiya kompaniyasiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilgani aytiladi. Shu bilan birga, Baydenning o‘zi ham, Ukraina rahbari haqida uning, ayniqsa, respublikachi senator Ted Kruz bilan do‘stona munosabatlari tufayli “yaxshi fikrda bo‘lmagani” aytiladi.Kitobda aytilishicha, Ukraina rahbari uzoq vaqt davomida AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishga intilgan, biroq u buni rad etgan."Penguin Random House" ma’lumotlariga ko‘ra, kitob “o‘nlab yillar davomida Baydenni o‘rab olgan tor maslahatchilar doirasiga misli ko‘rilmagan kirish”ga asoslangan.Shu bilan birga, sharhlovchilarning ta’kidlashicha, Foyer kitobda aniq iqtiboslar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri manbalarni keltirmaydi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/12/38005323_131:0:2862:2048_1920x0_80_0_0_920e029b3ff1aa045a7ecb82f9809f7e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zelenskiy bayden
Zelenskiy va Bayden o‘rtasidagi birinchi uchrashuv haqiqiy janjalga aylangan — OAV
Muallifning aytishicha, siyosatchilarning 2021-yil yozidagi birinchi uchrashuvida Zelenskiy o‘zini noprofessional tutib, Amerika yetakchisiga ko‘plab talablar qo‘ygan.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi birinchi uchrashuv haqiqiy janjalga aylangan,
deb yozadi “The Guardian” amerikalik jurnalist Franklin Foyerning “So‘nggi siyosatchi” kitobida chop etilgan ma’lumotlarga tayanib.
Muallifning aytishicha, siyosatchilarning 2021-yil yozidagi birinchi uchrashuvida Zelenskiy o‘zini noprofessional tutib, Amerika yetakchisiga ko‘plab talablar qo‘ygan. Xususan, u Ukrainaning NATOga kirishini so‘ragan, shuningdek, Fransiya va Germaniyaning ittifoqdan yaqinda chiqishi haqida g‘alati bayonot bergan va blokni ahamiyati pasaygan o‘tmish yodgorligi deb atagan.
“Bu bema’ni bayonot va ochiq qarama-qarshilik edi. Va bu Baydenni g‘azablantirdi”, - deyiladi maqolada.
Kitobda, shuningdek, Zelenskiy o‘z hamkasbini “zaif” siyosatchi deb hisoblagani, chunki Amerika prezidenti ularning uchrashuvi oldidan “Shimoliy oqim - 2” gaz quvuri qurilishi bilan shug‘ullangan Rossiya kompaniyasiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilgani aytiladi. Shu bilan birga, Baydenning o‘zi ham, Ukraina rahbari haqida uning, ayniqsa, respublikachi senator Ted Kruz bilan do‘stona munosabatlari tufayli “yaxshi fikrda bo‘lmagani” aytiladi.
“Hatto Zelenskiyning (Bayden) ma’muriyatidagi eng ashaddiy tarafdorlari ham u haddan tashqari oshirib yuborganini tasdiqlagan”, - deya kitobdan parchalar keltirilgan.
Kitobda aytilishicha, Ukraina rahbari uzoq vaqt davomida AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishga intilgan, biroq u buni rad etgan.
“Zelenskiy “o‘sha epizoddan uzoq davom etgan norozilik”ni his qildi va “hech bo‘lmaganda, ongsiz ravishda” Baydenni “boshdan kechirgan xo‘rligi, boshdan kechirgan siyosiy sharmandaligi uchun ayblagandek edi”, - deb yozadi nashr.
"Penguin Random House" ma’lumotlariga ko‘ra, kitob “o‘nlab yillar davomida Baydenni o‘rab olgan tor maslahatchilar doirasiga misli ko‘rilmagan kirish”ga asoslangan.
Shu bilan birga, sharhlovchilarning ta’kidlashicha, Foyer kitobda aniq iqtiboslar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri manbalarni keltirmaydi.