Bugun Toshkentning qaysi ko‘chalarida elektr ta’minoti bo‘lmaydi — manzillar

© "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali Toshkent shahar Yunusobod tumani
Toshkent shahar Yunusobod tumani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
Obuna bo‘lish
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Bugun poytaxtning Mirobod va Uchtepa tumanlarining ayrim mahallalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ayrim MFYlardagi ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Mirobod tumani: "At-Termiziy" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Uchtepa tumani: "Diyorobod" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Xabarda "Hududiy elektr tarmoqlari" mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0