Rossiya “Superdjeti”ning birinchi parvozi nimani anglatadi?

© Sputnik / press-slujba OAK / Mediabankka o‘tishMahalliy uskunalar bilan jihozlangan SSJ-100 samolyoti birinchi parvozini amalga oshirdi
Mahalliy uskunalar bilan jihozlangan SSJ-100 samolyoti birinchi parvozini amalga oshirdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Boeing ham Airbus ham o‘z dvigatellarini ishlab chiqara olmaydi. Rossiyada PD-8 dvigatelini seriyali ishlab chiqarish - aviatsiya sanoatida G‘arbdan mustaqil bo‘lish imkonini beradi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Komsomolsk-Amurda 29-avgust kuni SJ-100 samolyotining parvozi amalga oshirildi. Bu Rossiyaning import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni ko‘paytirish, modellar assortimentini kengaytirish va kelajakda fuqarolik samolyotlarini qurish sohasida jahon yetakchiligi uchun asosiy shart-sharoitga ega bo‘lgan aviatsiya sanoatining tiklanishini namoyish etadi.
“Rostex” 29-avgust kuni import o‘rnini bosuvchi “Superdjet” samolyotining Komsomolsk-Amurda birinchi 53 daqiqalik parvozini amalga oshirilganini ma’lum qildi. “Yakovlev” Ishlab chiqarish markazi tomonidan yaratilgan SJ-100 qisqa masofali samolyotining prototipi 3000 metr balandlikda havoda yaxshi boshqarilishi va barqarorligini namoyish etdi, barcha tizimlar ishonchli ishlashini tasdiqladi. Samolyot parvozini ta’minlovchi tizimlardan 40tasi oxirgi uch yil ichida mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotiga almashtirildi.
Oldin “Superdjet” 70% ga da import qilingan komponentlardan tashkil topgan bo‘lsa, yangi SSJ-100 butunlay boshqacha texnika. Rossiya ishlab chiqaruvchilari ushbu samolyotga o‘z konstuktorlik yechimlari, avionika, shassi, qo‘shimcha quvvat bloki, integratsiyalashgan boshqaruv tizimini, shuningdek, elektr ta’minoti, konditsioner, yong‘indan himoya qilish va boshqa tizimlarni joriy etishga muvaffaq bo‘lishdi.
PD-8 dvigatellari alohida e’tiborga loyiqdir. Ularning parvoz sinovlari 2022-yil dekabr oyida boshlandi. Yangi “Superdjet”ning sinov dasturini tezlashtirish uchun prototipda “eski” Fransiya-Rossiya SaM146 dvigatellari qo‘llaniladi. SJ-100 yaqin bir hafta ichida Rossiya dvigatellariga ega bo‘ladi.
© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishRossiyada ishlab chiqilgan aviatsiya dvigateli MAKS 2015 ko‘rgazmasida
Mejdunarodniy aviatsionniy - kosmicheskiy salon MAKS 2015. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
Rossiyada ishlab chiqilgan aviatsiya dvigateli MAKS 2015 ko‘rgazmasida
Rossiyaning yangi avlod raqamli “Superdjeti” kelajak sari qaratilgan texnologik yutuqdir. Uning klassik uslubda joylashgan ikkita PD-8 turboreaktiv dvigatellari 8000kg gacha tortish kuchiga ega. Ularni ishlab chiqarishda PD-14 (MS-21 uchun) dvigatellarini yaratish tajribasini hisobga olingan. Yangi dvigatel kosmik texnologiyalar sohasidagi mutaxassislarni jalb qilgan holda “Energomash” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari tomonidan yaratildi. PD-8 2022-yilning may oyida stend sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Il-76 uchar laboratoriyasi tarkibida parvoz sinovlarini ham yakunlamoqda.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov PD-8 loyihasi kelgusi o‘nlab yillar davomida Rossiyaning texnologik mustaqilligini ta’minlashini ta’kidlagan edi. SSJ-100, Be-200, Il-112V samolyotlari va Mi-26 og‘ir vertoloti uchun mo‘ljallangan yangi PD-8 turboreaktiv dvigatellarini sertifikatlash va seriyali ishlab chiqarishga yo‘naltirish 2023-yil oxirigacha rejalashtirilgan.

Sanksiyalarga qaramay

Yangi avlod SJ-100 qisqa masofali reaktiv samolyoti 4320 km gacha bo‘lgan masofaga, 103 nafargacha yo‘lovchini (yoki 10860 kg yukni) qulaylik bilan yetkazib berishi mumkin. “Superdjet” ning afzalliklari a’lo darajadagi aerodinamika, kreyser tezligi 930 km/soat, parvozni masofadan boshqarish tizimi, 2000 metrgacha uchish-qo‘nish yo‘lagida, turli iqlim zonalarida va - 54°S dan +45°S haroratgacha bo‘lgan sharoitlarda ishlash imkoniyatidir.
Rossiyada allaqachon 200 ga yaqin SJ-100 samolyotlari qurilgan, to‘qqizta aviakompaniya ushbu samolyotdan foydalanadi. Faqat Aeroflot SSJ-NEW modifikatsiyasining 89 ta samolyotiga buyurtma berdi. Xorijdan ham talab ortib bormoqda: Meksikaning Interjet aviakompaniyasi 30 ta “Superdjet” ga, Irlandiyaning CityJet aviakompaniyasi 15 ta samolyotga, Indoneziyaning Sky Aviation kompaniyasi 12 ta, Kom Airlines kompaniyasi 6 ta, Shveysariyaning Comlux aviakompaniyasi ikkita SJ-100 ga buyurtma bergan. Eronning Iran Aseman Airlines va Iran Air Tours aviakompaniyalari yangi versiyadagi 40 ta SSJ-100 samolyotlarini, ya’ni Rossiyada ishlab chiqarilgan butlovchi qismlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu esa xorijiy mijozlar ro‘yxatining boshlanishi hali.
© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMAKS-2021 ko‘zgazmasida PD-8 dvigateli ilk bor taqdim etildi
MAKS-2021. Den chetvertiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
MAKS-2021 ko‘zgazmasida PD-8 dvigateli ilk bor taqdim etildi
Birinchi toifadagi sinovdan o‘tkazuvchi uchuvchi Leonid Chikunov SJ-100 ni 2008-yildan beri boshqaradi va mashinani yuqori baholaydi – u boshqaruvning qulayligi, ishonchliligi va xavfsizligini ta’kidlaydi. Ikki dvigatelning ishdan chiqqan taqdirda ham, “Superdjet” 10 000 metr balandlikdan 150 kilometrgacha dvigatelsiz uchib borishga (planirovanie) qodir. Bu imkonyat esa qo‘nish uchun eng yaqin aerodromni tanlash imkonini beradi.
Dastlab, SJ-100 qisqa va o‘rta masofali yo‘nalishlarda seriyali ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan Yak-42, Tu-134, Tu-154 samolyotlarining o‘rnini bosish uchun yaratilgan edi. Rossiyaning “Suxoy” kompaniyasi “Superdjet” ni Italiyaning Alenia Aeronautica kompaniyasi bilan strategik hamkorlikda hamda Fransiyaning Snecma kompaniyasi va Amerikaning Boeing korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqdi.
Biroq, G‘arb sanksiyalari sharoitida xalqaro hamkorlik butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 2022-yil bahorida Rossiya fuqaro aviatsiyasiga nisbatan kiritilgan cheklovlar alohida loyihalar rejalarini va umuman aviatsiya sanoati strategiyasini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Chet el komponentlarini yetkazib berishning to‘xtatilishi (Ribinskda Sam146 dvigatellarini yig‘ish uchun) Superjet 100 ni sertifikatlangan shaklda ishlab chiqarish imkoniyatini istisno qildi. Import o‘rnini bosishni (PD-8 2019-yilda ishlab chiqila boshlandi) va yangi, birinchi navbatda Rossiya SSJ-New sertifikatini yo‘lga qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Oxir-oqibat hamma ko‘ngilsizliklar yaxshilikka bo‘ldi.
© Press-slujba Minpromtorga / Mediabankka o‘tishPD-8 dvigateli namoyishi
Minpromtorg Rossii vpervie pokazal rossiyskiy aviadvigatel PD-8 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
PD-8 dvigateli namoyishi
Fevral oyida Ribinskda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev yaqin yillarda Rossiya aviakompaniyalari parkidagi Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyotlar ulushini 35 foizdan 81 foizga oshirish rejalashtirilayotganligi haqida xabar berdi. Rossiya Federatsiyasining 2030-yilgacha havo transporti sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturi mingdan ortiq samolyotlarni, shu jumladan 270 ta MS-21, 142 ta “Superjet”, 70 ta Tu-214 magistral samolyotlarini yetkazib berishni, shuningdek, 100 ta og‘ir iqlim zonalariga moslashtirilgan Il-114-300 (sobiq TAPOiCh) mintaqaviy samolyotlari to‘liq yangilanishini nazarda tutadi. Rossiya samolyotlari va vertolotlarini seriyali ishlab chiqarish uchun deyarli besh ming dvigatel ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Aviatsiya sanoatining ilmiy-ishlab chiqarish salohiyati Rossiyaga nafaqat harbiy, balki fuqarolik samolyotlarini qurishda ham jahon yetakchisiga aylanish imkonini beradi. Aviatsiya sanoati yangi texnologiyalarni rivojlantirish uchun turtki bo‘luvchi omillardan biriga aylanmoqda.
Agar PD-14 dvigateli dunyodagi eng mashhur o‘rta masofali Boeing-737 samolyotlari (va Yevropadagi analoglari) bilan raqobat uchun asos bo‘lgan bo‘lsa, unda so‘nggi PD-8 Rossiyaning juda muhim mintaqaviy samolyotlarni ishlab chiqarish sohasidagi mavqeyini mustahkamlaydi.
Bugungi kunda Boeing va Airbus raqobatchilarining hech biri o‘z dvigatellarini ishlab chiqara olmaydi, bu esa Amerika va Yevropa ta’minotiga qaramlikni keltirib chiqaradi. PD-8 seriyali ishlab chiqarishni boshlash bilan Rossiya o‘zining texnologik bazasidan foydalanib, dunyoga G‘arbdan mustaqil bo‘lish imkonini beradi. Bu esa teng va bo‘linmas xavfsizlik ko‘p qutbli dunyo sari yana bir ishonchli qadamdir.
© Sputnik / press-slujba OAK / Mediabankka o‘tishTo‘liq mahalliy uskunalar bilan jihozlangan SSJ-100 samolyoti birinchi parvozini amalga oshirdi
Samolet SSJ-100 s importozameshennim oborudovaniyem vipolnil perviy polet. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
To‘liq mahalliy uskunalar bilan jihozlangan SSJ-100 samolyoti birinchi parvozini amalga oshirdi
Yangiliklar lentasi
0