Rossiya Qora dengizda Ukrainaning to‘rtta katerini yo‘q qildi

© Sputnik / Valentin Kapustin / Mediabankka o‘tishMaxsus operatsiya hududida Rossiya Aerokosmik kuchlarining baza aerodromi
Maxsus operatsiya hududida Rossiya Aerokosmik kuchlarining baza aerodromi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengizda Ukraina Qurolli kuchlarining katerlari yo‘q qilinganini e’lon qildi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Qora dengiz floti samolyotlari Qora dengizda Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shinlarining to‘rtta katerini yo‘q qildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
Aytilishicha, Qora dengiz flotining samolyoti Qora dengizda Ukraina Qurolli kuchlarining desant guruhlari bilan umumiy soni 50 kishi bo‘lgan to‘rtta harbiy katerni yo‘q qildi.

“30 avgust kuni Moskva vaqti bilan taxminan soat 00.00 da Qora dengiz flotining Qora dengizdagi harbiy-dengiz aviatsiyasi 50 kishigacha bo‘lgan Ukraina maxsus operatsiyalar kuchlari harbiy xizmatchilarining desant guruhlari bilan to‘rtta tezurar harbiy katerni yo‘q qildi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Rossiya samolyotlari 22-avgust kuni Qora dengizda Ukrainaning ikkita katerini yo‘q qilgan. Kechasi Su-30SM samolyoti ekipaji Rossiya gaz ishlab chiqarish obyektlari hududida razvedka kemasini yo‘q qildi. Ikkinchi kater - "Willard Sea", AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan tezurar kater Moskva vaqti bilan taxminan 11.00 da Ilon oroli sharqida yakson qilingan.
Yangiliklar lentasi
0