https://oz.sputniknews.uz/20230830/interpol-qidiruvi-shaxs-ozbekiston-38390551.html
Interpol qidiruvidagi shaxs Nikaraguadan O‘zbekistonga olib kelindi
Interpol qidiruvidagi shaxs Nikaraguadan O‘zbekistonga olib kelindi
Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy burosi xodimlari katta miqdorda firibgarlik sodir etgan shaxsni Managuadan Toshkentga olib keldi. Gumonlanuvchining izi uzoq Markaziy Amerikada yo‘qolgan. U boshqa qit’ada yashirinib, yana jinoiy faoliyat — noqonuniy migratsiya, xorijiy fuqarolarni Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga o‘tkazish bilan shug‘ullangan”
2023-08-30T13:18+0500
2023-08-30T13:18+0500
2023-08-30T13:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
interpol
iiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1e/38386005_319:0:1190:490_1920x0_80_0_0_890d978c1871f36f808069c25454878d.jpg
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy burosi xodimlari katta miqdorda firibgarlik sodir etgan shaxsni Managuadan Toshkentga olib keldi. Bu haqda buro matbuot xizmati xabar berdi.Uni olib kelish O‘zbekiston TIV, AQShning Anqara, Panama, Meksikadagi bojxona va chegara xizmatlari, Rossiya IIVning Nikaraguadagi vakili, AQSh Davlat departamenti Diplomatik xavfsizlik xizmatining Toshkent, Istanbul, Managua, Panama, Meksikada xorijdagi jinoiy ishlarni tergov qilish bo‘limlari yordami bilan amalga oshirilgan.Ta’kidlanishicha, masofa, vaqtdagi katta farq va bir qator sabablarni hisobga olib, jinoyatchini tranzit qilish va o‘tkazish bo‘yicha barcha tartiblar Bosh kotibiyatning Qo‘mondonlik va muvofiqlashtirish markazi va O‘zbekistonda Interpolning milliy markaziy burosi tomonidan muvofiqlashtirilgan.“Juda ko‘p mamlakatlarning xizmatlari jalb qilingani ajablanarli emas, chunki gumonlanuvchining izi uzoq Markaziy Amerikada yo‘qolgan. U boshqa qit’ada yashirinib, yana jinoiy faoliyat — noqonuniy migratsiya, xorijiy fuqarolarni Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga o‘tkazish bilan shug‘ullangan”, - deyiladi xabarda. Avvalroq Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Misrdan ekstraditsiya qilingani xabar qilingan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1e/38386005_334:0:1137:602_1920x0_80_0_0_358ce011eadde66c1ccfed192618b57b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
interpol qidiruvidagi shaxs o‘zbekiston ekstraditsiya
interpol qidiruvidagi shaxs o‘zbekiston ekstraditsiya
Interpol qidiruvidagi shaxs Nikaraguadan O‘zbekistonga olib kelindi
13:18 30.08.2023 (yangilandi: 13:21 30.08.2023) U katta miqdorda firibgarlik sodir etganlikda gumon qilinmoqda. U olish kelish uchun juda ko‘p mamlakatlarning xizmatlari jalb qilingan.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy burosi xodimlari katta miqdorda firibgarlik sodir etgan shaxsni Managuadan Toshkentga olib keldi. Bu haqda buro matbuot xizmati
xabar berdi.
Uni olib kelish O‘zbekiston TIV, AQShning Anqara, Panama, Meksikadagi bojxona va chegara xizmatlari, Rossiya IIVning Nikaraguadagi vakili, AQSh Davlat departamenti Diplomatik xavfsizlik xizmatining Toshkent, Istanbul, Managua, Panama, Meksikada xorijdagi jinoiy ishlarni tergov qilish bo‘limlari yordami bilan amalga oshirilgan.
Ta’kidlanishicha, masofa, vaqtdagi katta farq va bir qator sabablarni hisobga olib, jinoyatchini tranzit qilish va o‘tkazish bo‘yicha barcha tartiblar Bosh kotibiyatning Qo‘mondonlik va muvofiqlashtirish markazi va O‘zbekistonda Interpolning milliy markaziy burosi tomonidan muvofiqlashtirilgan.
“Juda ko‘p mamlakatlarning xizmatlari jalb qilingani ajablanarli emas, chunki gumonlanuvchining izi uzoq Markaziy Amerikada yo‘qolgan. U boshqa qit’ada yashirinib, yana jinoiy faoliyat — noqonuniy migratsiya, xorijiy fuqarolarni Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga o‘tkazish bilan shug‘ullangan”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Misrdan ekstraditsiya qilingani
xabar qilingan edi.