https://oz.sputniknews.uz/20230830/gidrotexnika-inshootlarining-xavfsizligi-qonun-38415586.html
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi
Sputnik O‘zbekiston
30 avgust kuni “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qonunga ko‘ra, Gidrotexnika inshootlarining loyiha ko‘rsatkichlari parametrlariga, ularga yuklamalar hamda ta’sir ko‘rsatish omillariga, shuningdek qurilishda ishlatiladigan materiallarga, foydalanish sharoitlariga qarab gidrotexnika inshootlari I, II, III va IV sinflarga bo‘linadi.
2023-08-30T19:16+0500
2023-08-30T19:16+0500
2023-08-30T19:16+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/01/36458988_24:67:1176:715_1920x0_80_0_0_73ebafb209aca379750239aa15246af9.jpg
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. 30-avgust kuni “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qonunga ko‘ra, Gidrotexnika inshootlarining loyiha ko‘rsatkichlari parametrlariga, ularga yuklamalar hamda ta’sir ko‘rsatish omillariga, shuningdek qurilishda ishlatiladigan materiallarga, foydalanish sharoitlariga qarab gidrotexnika inshootlari I, II, III va IV sinflarga bo‘linadi. Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.Gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi xavfini eng ko‘p darajada kamaytirish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini amalga oshirish ularning xavfsizligini ta’minlashga nisbatan qo‘yilgan asosiy talablardan biri hisoblanadi.Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari ulardan shoshilinch tarzda foydalanish maqsadida foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan oldindan yaratiladi.Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi natijasida boshqa shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek atrof-muhitga zarar yetkazilganligi uchun foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/01/36458988_176:135:992:747_1920x0_80_0_0_bc629195ce503a0ab43ec575d204ea3e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi
Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi bo‘ldi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. 30 avgust kuni “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun
qabul qilindi. Qonunga ko‘ra, Gidrotexnika inshootlarining loyiha ko‘rsatkichlari parametrlariga, ularga yuklamalar hamda ta’sir ko‘rsatish omillariga, shuningdek qurilishda ishlatiladigan materiallarga, foydalanish sharoitlariga qarab gidrotexnika inshootlari I, II, III va IV sinflarga bo‘linadi.
Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi xavfini eng ko‘p darajada kamaytirish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini amalga oshirish ularning xavfsizligini ta’minlashga nisbatan qo‘yilgan asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari ulardan shoshilinch tarzda foydalanish maqsadida foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan oldindan yaratiladi.
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi natijasida boshqa shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek atrof-muhitga zarar yetkazilganligi uchun foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi