https://oz.sputniknews.uz/20230830/gabondagi-davlat-tontarilishi-haqida-nimalar-malum---video-foto-38400372.html
Gabondagi davlat to‘ntarilishi haqida nimalar ma’lum - video, foto
Gabondagi davlat to‘ntarilishi haqida nimalar ma’lum - video, foto
Sputnik O‘zbekiston
Gabonda amaldagi davlat rahbari Ali Bongo Ondimba saylovda g‘alaba qozongani e’lon qilingandan bir oz vaqt o‘tib harbiylar guruhi hokimiyat tepasiga kelgani va ovoz berish natijalarini bekor qilishganini ma’lum qilishdi. Isonchilar orasida xavfsizlik xizmati, milliy va prezident gvardiyasi, armiya va politsiya vakillari bor.Hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar mamlakat chegaralari navbatdagi buyruqqa qadar yopilishi e’lon qilishdi.
2023-08-30T16:22+0500
2023-08-30T16:22+0500
2023-08-30T16:35+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
gabon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1e/38399367_0:84:1600:984_1920x0_80_0_0_938dc6154f053b069ff31436899a862b.jpg
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Gabonda amaldagi davlat rahbari Ali Bongo Ondimba saylovda g‘alaba qozongani e’lon qilingandan bir oz vaqt o‘tib harbiylar guruhi hokimiyat tepasiga kelgani va ovoz berish natijalarini bekor qilishganini ma’lum qilishdi.Isonchilar orasida xavfsizlik xizmati, milliy va prezident gvardiyasi, armiya va politsiya vakillari bor.Hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar mamlakat chegaralari navbatdagi buyruqqa qadar yopilishi e’lon qilishdi. Isonchilar barcha davlat organlarini tarqatib yuborishdi: hukumat, Senat, Milliy assambleya, Konstitutsiyaviy sud. Isonchilar O‘tish davri va organlarni qayta tiklash bo‘yicha qo‘mita tuzishdi. Uning tarkibi hozircha e’lon qilinmagan.Harbiylar Gabonning xalqaro majburiyatlariga rioya qilinishini ta’kidlashmoqda. Ular aholini tinchlanishga chaqirishgan. O‘z xatti-harakatlari sabablarini tushuntirayotib, ular “mas’uliyatsiz, oldindan bilib bo‘lmaydigan boshqaruv” mamlakatni xaosga cho‘mdirishi mumkinligi, shu bois ular “hozirgi rejimni tugatib, tinchlikni himoya qilishga” qaror qilishganini ma’lum qilishgan.AFP agentligining yozishicha, 2009-yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan Gabon prezidenti Ali Bongo Ondimba uy qamog‘ida olingan. U otasi Umar Bongo vafotidan keyin Gabon prezidenti etib saylangan edi.Gabon poytaxti Librevil hamda kattaligi bo‘yichi ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Port-Jantil aholisi ko‘chalarga mamlakat bayrog‘ini ko‘tarib chiqib, tanklardagi harbiylarni olqishladi. Avvalroq OAV Librevilda otishma sadolari eshitayotganini xabar qilgan edi.Mamlakatda uch kunlik tanaffusdan keyin internet yana paydo bo‘lgan.Moskva do‘st Gabonda vaziyat keskinlashganidan xavotirda ekanini ma’lum qildi va mamlakatdagi vaziyat tez orada izga tushishiga umid bildirdi.Gabon Afrikaning iqtisodiy jihatdan eng barqaror davlatlaridan biri va mintaqa uchun yirik neft eksportchisi hisoblanadi. Mamlakatda 2,2 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.
gabon
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1e/38399367_89:0:1512:1067_1920x0_80_0_0_8e0fb4707e469a1ff37477f7ecfad6e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gabonda davlat to‘ntarilishi ma’lumot afrika
gabonda davlat to‘ntarilishi ma’lumot afrika
Gabondagi davlat to‘ntarilishi haqida nimalar ma’lum - video, foto
16:22 30.08.2023 (yangilandi: 16:35 30.08.2023) Hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar mamlakat chegaralari navbatdagi buyruqqa qadar yopilishi e’lon qilishdi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Gabonda amaldagi davlat rahbari Ali Bongo Ondimba saylovda g‘alaba qozongani e’lon qilingandan bir oz vaqt o‘tib harbiylar guruhi hokimiyat tepasiga kelgani va ovoz berish natijalarini bekor qilishganini
ma’lum qilishdi. Isonchilar orasida xavfsizlik xizmati, milliy va prezident gvardiyasi, armiya va politsiya vakillari bor.
Hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar mamlakat chegaralari navbatdagi buyruqqa qadar yopilishi e’lon qilishdi. Isonchilar barcha davlat organlarini tarqatib yuborishdi: hukumat, Senat, Milliy assambleya, Konstitutsiyaviy sud. Isonchilar O‘tish davri va organlarni qayta tiklash bo‘yicha qo‘mita tuzishdi. Uning tarkibi hozircha e’lon qilinmagan.
Harbiylar Gabonning xalqaro majburiyatlariga rioya qilinishini
ta’kidlashmoqda. Ular aholini tinchlanishga chaqirishgan. O‘z xatti-harakatlari sabablarini tushuntirayotib, ular “mas’uliyatsiz, oldindan bilib bo‘lmaydigan boshqaruv” mamlakatni xaosga cho‘mdirishi mumkinligi, shu bois ular “hozirgi rejimni tugatib, tinchlikni himoya qilishga” qaror qilishganini ma’lum qilishgan.
AFP agentligining yozishicha, 2009-yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan Gabon prezidenti Ali Bongo Ondimba uy qamog‘ida olingan. U otasi Umar Bongo vafotidan keyin Gabon prezidenti etib saylangan edi.
Gabon poytaxti Librevil hamda kattaligi bo‘yichi ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Port-Jantil aholisi ko‘chalarga mamlakat bayrog‘ini ko‘tarib chiqib, tanklardagi harbiylarni olqishladi.
Avvalroq OAV Librevilda otishma sadolari eshitayotganini
xabar qilgan edi.Mamlakatda uch kunlik tanaffusdan keyin internet yana paydo bo‘lgan.
Moskva do‘st Gabonda vaziyat keskinlashganidan xavotirda ekanini ma’lum qildi va mamlakatdagi vaziyat tez orada izga tushishiga
umid bildirdi.Gabon Afrikaning iqtisodiy jihatdan eng barqaror davlatlaridan biri va mintaqa uchun yirik neft eksportchisi hisoblanadi. Mamlakatda 2,2 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.