https://oz.sputniknews.uz/20230830/britaniya-parlament-xitoy-qirollik-tahdid-38375634.html
Britaniya parlamenti Xitoyni qirollikka tahdid deb tan oldi
Britaniya parlamenti Xitoyni qirollikka tahdid deb tan oldi
Sputnik O‘zbekiston
Britaniya parlamenti hisobotda Xitoyni London va uning manfaatlariga tahdid deb atadi.
2023-08-30T07:40+0500
2023-08-30T07:40+0500
2023-08-30T11:24+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
buyuk britaniya
xitoy
tayvan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/03/27740107_0:92:3071:1819_1920x0_80_0_0_04a5c26d0498e5b7d9554609beb0b1b7.jpg
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Britaniya parlamenti Xitoyni qirollikka tahdid deb tan oldi. Bu haqda Britaniya parlamenti jamoatlar palatasining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi hisobotida so‘z borgan, deb yozmoqda RIA Novosti.Hujjatda qayd etilishicha, Xitoy Britaniya va Londonning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi manfaatlariga tahdid soladi va Xitoyning Britaniyaga nisbatan siyosati “tajovuzkorlikning kuchayishi” bilan tavsiflanadi.Bundan tashqari, hujjatda Londonga ittifoqchilar bilan mudofaaga yo‘naltirilgan siyosatni kuchaytirish, shu jumladan, Tayvan “himoyasi” uchun “to‘xtatuvchi diplomatiya”ni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyanoma ham mavjud.Buyuk Britaniya hukumati Tayvan xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini himoya qilishga yordam beradigan samarali diplomatiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish imkonini beradigan mazmunli harakatlar va qizil chiziqlarni aniqlashi kerak.Parlament a’zolari Buyuk Britaniyaning Hind-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan munosabatlarining ustuvorligini saqlab qolish, shuningdek, u yerda savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirishni qo‘llab-quvvatladilar va bu "Buyuk Britaniya iqtisodiyoti va butun dunyodagi hamkorlarimizga foyda keltirishini" ta’kidladilar.
xitoy
tayvan
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/03/27740107_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_922abaab536845d5a94c67b93c7d3990.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
britaniya parlamenti xitoy qirollik tahdid tayvan
britaniya parlamenti xitoy qirollik tahdid tayvan
Britaniya parlamenti Xitoyni qirollikka tahdid deb tan oldi
07:40 30.08.2023 (yangilandi: 11:24 30.08.2023) Britaniya parlamenti hisobotda Xitoyni London va uning manfaatlariga tahdid deb atadi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Britaniya parlamenti Xitoyni qirollikka tahdid deb tan oldi. Bu haqda Britaniya parlamenti jamoatlar palatasining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi hisobotida so‘z borgan, deb yozmoqda
RIA Novosti. Hujjatda qayd etilishicha, Xitoy Britaniya va Londonning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi manfaatlariga tahdid soladi va Xitoyning Britaniyaga nisbatan siyosati “tajovuzkorlikning kuchayishi” bilan tavsiflanadi.
“Qo‘mita Xitoy Kommunistik partiyasi faoliyatini Buyuk Britaniya va uning manfaatlariga tahdid sifatida tan oladi. Qat’iylikning kuchayishi xalqlar o‘rtasidagi raqobatga xosdir, ammo Xitoy Kommunistik partiyasining xatti-harakati hozirda Buyuk Britaniyaga nisbatan kuchaygan tajovuz bilan tavsiflanadi”, - deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, hujjatda Londonga ittifoqchilar bilan mudofaaga yo‘naltirilgan siyosatni kuchaytirish, shu jumladan, Tayvan “himoyasi” uchun “to‘xtatuvchi diplomatiya”ni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyanoma ham mavjud.
Buyuk Britaniya hukumati Tayvan xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini himoya qilishga yordam beradigan samarali diplomatiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish imkonini beradigan mazmunli harakatlar va qizil chiziqlarni aniqlashi kerak.
Parlament a’zolari Buyuk Britaniyaning Hind-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan munosabatlarining ustuvorligini saqlab qolish, shuningdek, u yerda savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirishni qo‘llab-quvvatladilar va bu "Buyuk Britaniya iqtisodiyoti va butun dunyodagi hamkorlarimizga foyda keltirishini" ta’kidladilar.