Ukraina armiyasi Bransk viloyatini o‘qqa tutdi, qurbonlar orasida bir go‘dak bor

© Sputnik / Sergey Lomako / Mediabankka o‘tishVSU obstrelyali poselok Klimovo v Branskoy oblasti.
VSU obstrelyali poselok Klimovo v Branskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2023
Obuna bo‘lish
Bransk viloyati gubernatori Ukraina Qurolli kuchlarining Klimovo posolkasini o‘qqa tutishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) Bransk viloyati Klimovo posolkasini o‘qqa tutishi oqibatida bir necha kishi, jumladan, bir go‘dak halok bo‘ldi. Yana besh kishi jabrlandi. Bu haqda Rossiyaning Bransk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz ma’lum qildi.

“UQK Klimovo posolkasini zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizim bilan o‘qqa tutdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, afsuski, halok bo‘lganlar bor. Ular orasida bir go‘dak ham bor. O‘qqa tutish oqibatida besh nafar tinch aholi, jumladan, bolalar jabrlandi”, - deya yozdi Bogomaz o‘ziningTelegram-kanalida.

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, o‘qqa tutish oqibatida maktab binosi, bir necha ma’muriy bino shikastlangan. Elektr energiyasi ta’minotida uzilish ro‘y bergan.
“Tezkor xizmatlar voqea joyida ishlamoqda. Jabrlanganlarga barcha zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, - deya qo‘shimcha qilgan Bogomaz.
Yangiliklar lentasi
0