Taekvondo: O‘zbekistonlik Islom Akchurin kadetlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi

© Assotsiatsiya taekvondo WTO‘zbekistonlik Islom Akchurin kadetlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi.
O‘zbekistonlik Islom Akchurin kadetlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2023
Obuna bo‘lish
Islom Akchurin italiyalik raqibi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik Islom Akchurin kadetlar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda Taekvondo WT assosiatsiyasi xabar berdi.
Sarayevo shahrida (Bosniya va Gersegovina) kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Xitoy Taypeyi vakili Chen Vuga qarshi kechgan bellashuvda Islom ortiqcha qiyinchiliksiz 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.

“Final bahsida italiyalik raqibi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan hamurtimiz kadetlar o‘rtasida Jahon chempioniga aylandi”, - deyiladi xabarda.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida -152 sm da bahslarda ishtirok etgan Islom Akchurin nimchorak final jangida gruziyalik raqibini mag‘lub etdi. Shundan so‘ng, polshalik raqibini, yarim finalda esa Xitoy Taypeyi sportchisini musobaqadan chiqarib yubordi.
Yangiliklar lentasi
0