https://oz.sputniknews.uz/20230829/ozbekiston-afgoniston-dori-mahsulotlari-etkazib-berish-38339389.html
O‘zbekiston Afg‘onistonga dori mahsulotlarini yetkazib bermoqchi — tafsilotlar
O‘zbekiston Afg‘onistonga dori mahsulotlarini yetkazib bermoqchi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan farmatsevtika hamda sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
2023-08-29T14:20+0500
2023-08-29T14:20+0500
2023-08-29T14:22+0500
jamiyat
afg‘oniston
o‘zbekiston
dori
sog‘liq
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1d/38340215_0:186:1095:802_1920x0_80_0_0_2ce31816486bb7c28a1183c63e05197b.jpg
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Afg‘onistonga O‘zbekistondan yiliga o‘rtacha 1 mln dollarlik protein va vitamin komplekslarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabar berdi. Ayni paytda O‘zbekiston vazirlik va idoralari mas’ullaridan iborat bir guruh vakillar Afg‘onistonda bo‘lib turibdi.Delegatsiya tarkibida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Yakubov ham bo‘lib, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash sohasida Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik masalalarida muzokaralar olib bormoqda.Shuningdek, Afg‘oniston Aholi salomatligi vazirligining farmatsevtika xizmatlari direktori Hamid Furmuli bilan mazkur mamlakatdagi “Ibn Sino” korxonasi negizida shartnoma tuzish masalalari muhokama qilindi.Bundan tashqari, stomatologiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha Kobul shahrida atigi bitta korxona faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, uchrashuvlar davomida Afg‘oniston tibbiyot xodimlarini “Health manager” bo‘yicha malakasini oshirish, qisqa muddatli kurslarda o‘qitish masalalari kelishib olindi.Mazkur holatlar e’tiborga olinib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori mahsulotlarini ushbu mamlakat bozoriga yetkazish borasida Afg‘oniston “Oziq-ovqat va dori vositalarini sifatini nazorat qilish” milliy uyushmasi raisi bilan samarali muzokaralar olib borildi.Aytilishicha, bu bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning o‘zaro soddalashtirilgan tizimini (25 kungacha) joriy qilish bo‘yicha kelishuv loyihasi ishlab chiqilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1d/38340215_38:187:1069:960_1920x0_80_0_0_48586fb1fbe046ca451e4121d342352e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston afg‘oniston farmatsevtika sog‘liqni saqlash hamkorlik dori farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sherzod yakubov fyucher vels trayding ibn sina
o‘zbekiston afg‘oniston farmatsevtika sog‘liqni saqlash hamkorlik dori farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sherzod yakubov fyucher vels trayding ibn sina
O‘zbekiston Afg‘onistonga dori mahsulotlarini yetkazib bermoqchi — tafsilotlar
14:20 29.08.2023 (yangilandi: 14:22 29.08.2023) O‘zbekiston Afg‘oniston bilan farmatsevtika hamda sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Afg‘onistonga O‘zbekistondan yiliga o‘rtacha 1 mln dollarlik protein va vitamin komplekslarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
xabar berdi. Ayni paytda O‘zbekiston vazirlik va idoralari mas’ullaridan iborat bir guruh vakillar Afg‘onistonda bo‘lib turibdi.
Delegatsiya tarkibida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Yakubov ham bo‘lib, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash sohasida Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik masalalarida muzokaralar olib bormoqda.
“Afg‘onistonning “Fyucher Vels Trayding“ kompaniyasi direktori G.Fahim bilan O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yiliga o‘rtacha 1 mln dollarlik protein va vitamin komplekslarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Afg‘oniston Aholi salomatligi vazirligining farmatsevtika xizmatlari direktori Hamid Furmuli bilan mazkur mamlakatdagi “Ibn Sino” korxonasi negizida shartnoma tuzish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, stomatologiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha Kobul shahrida atigi bitta korxona faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, uchrashuvlar davomida Afg‘oniston tibbiyot xodimlarini “Health manager” bo‘yicha malakasini oshirish, qisqa muddatli kurslarda o‘qitish masalalari kelishib olindi.
Mazkur holatlar e’tiborga olinib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori mahsulotlarini ushbu mamlakat bozoriga yetkazish borasida Afg‘oniston “Oziq-ovqat va dori vositalarini sifatini nazorat qilish” milliy uyushmasi raisi bilan samarali muzokaralar olib borildi.
Aytilishicha, bu bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning o‘zaro soddalashtirilgan tizimini (25 kungacha) joriy qilish bo‘yicha kelishuv loyihasi ishlab chiqilmoqda.