https://oz.sputniknews.uz/20230829/misr-kompaniyasi-ozbekistonda-qator-qoshma-loyihalarni-amalga-oshiradi-38344895.html
Misr kompaniyasi O‘zbekistonda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
Misr kompaniyasi O‘zbekistonda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
Sputnik O‘zbekiston
Misr tomoni O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi.
2023-08-29T15:35+0500
2023-08-29T15:35+0500
2023-08-29T15:35+0500
jamiyat
o‘zbekiston
misr
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1d/38345254_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_4013a237b50fecac7f2ff34b6405138a.jpg
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Kecha, 28-avgust kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Misrning “Hassan Allam Holding” kompaniyasi ijrochi direktori Mahmud El-Essaviy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, suhbatda asosiy e’tibor kompaniya tajribasi va investitsiyalarini jalb qilish istiqbollari va O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlarida loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qaratildi.Uchrashuv yakunida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni imzolash va erishilgan kelishuvlarni bajarishga kirishish yuzasidan kompaniya bosh direktorining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalasi kelishib olindi.Ma’lumot uchun, “Hassan Allam Holding” 1936-yilda tashkil topgan. Misrdagi eng yirik moliyaviy va sanoat korporatsiyalaridan biri. Oxirgi 5-yil ichida u Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida 70 ta loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdi. “Forbes” kompaniyani 100 ta eng yaxshi arab oilaviy korxonalar reytingiga kiritgan. Aktivlari - 8 milliard dollar, ishchilar soni esa - 45 ming nafar xodimni tashkil qiladi.
o‘zbekiston
misr
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1d/38345254_154:0:1139:739_1920x0_80_0_0_be1d8493ab4d93c4bc8283c144636ed1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
misr o‘zbekiston
Misr kompaniyasi O‘zbekistonda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
Misr tomoni O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Kecha, 28-avgust kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Misrning “Hassan Allam Holding” kompaniyasi ijrochi direktori Mahmud El-Essaviy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, suhbatda asosiy e’tibor kompaniya tajribasi va investitsiyalarini jalb qilish istiqbollari va O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlarida loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qaratildi.
Misr tomoni O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi va qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq qilishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Xususan, energetika, suv ta’minoti, metall va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish kabi sohalardagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni imzolash va erishilgan kelishuvlarni bajarishga kirishish yuzasidan kompaniya bosh direktorining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalasi kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, “Hassan Allam Holding” 1936-yilda tashkil topgan. Misrdagi eng yirik moliyaviy va sanoat korporatsiyalaridan biri. Oxirgi 5-yil ichida u Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida 70 ta loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdi. “Forbes” kompaniyani 100 ta eng yaxshi arab oilaviy korxonalar reytingiga kiritgan. Aktivlari - 8 milliard dollar, ishchilar soni esa - 45 ming nafar xodimni tashkil qiladi.