Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovImtihon
Imtihon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2023
Obuna bo‘lish
Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Yangi o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmagani sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etgan.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:
davlat granti — 3 238 nafar;
to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.
Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Yangiliklar lentasi
0