Eronning BRIKS va ShHTga a’zoligi sanksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi – Raisiy

© AFP 2023 / YAMIL LAGEIbrohim Raisiy, arxiv surat
Ibrohim Raisiy, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2023
Obuna bo‘lish
Eron rahbari mamlakatning iqtisodiy salohiyati ikki birlashmaning xalqaro maydondagi mavqeyini mustahkamlashga imkon berishini ta’kidladi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Eronning BRIKS va Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT)ga qo‘shilishi mamlakatga G‘arb sanksiyalarining salbiy oqibatlarini yengib o‘tishga yordam beradi. Bu haqda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy ma’lum qildi.
“Bizning global alyans BRIKSdagi a’zoligimiz va mintaqaviy Shanxay hamkorlik tashkilotiga qo‘shilishimiz AQSh sanksiyalariga qarshi kurashishda o‘z rolini o‘ynashi mumkin”, - dedi Raisiy Tehrondagi matbuot anjumanida.
Eron rahbari mamlakatning iqtisodiy salohiyati ikki birlashmaning xalqaro maydondagi mavqeyini mustahkamlashga imkon berishini ta’kidladi.
“Biz ko‘plab imkoniyatlarimizni inobatga olib, Eronning BRIKS va ShHTga a’zoligi hamda boshqa mintaqaviy birlashmalardagi ishtiroki juda samarali deb hisoblaymiz. Bu o‘zaro samara beruvchi, zero Eron a’zoligidan birlashmalarning barcha ishtirokchilari, jumladan, bizning o‘zimiz foyda ko‘rishimiz mumkin”, - deya xulosa qildi Raisiy.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Eron ShHTning to‘laqonli a’zosiga aylandi. 2024-yil 1-yanvaridan respublika BRIKSning to‘laqonli a’zosi bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0