Toshkent aeroportida elektr ta’minoti qisqa vaqtga uzilib qoldi — sabab

© “Toshkent”xalqaro aeroporti matbuot xizmati“Toshkent”xalqaro aeroporti
“Toshkent”xalqaro aeroporti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2023
Obuna bo‘lish
Elektr ta’minoti uzilishi "Qo‘yliq" shahar podstansiyasida yuzaga kelgan avariya munosabati bilan sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Toshkent aeroportida elektr ta’minoti qisqa vaqtga uzildi. Bunga shahar podstansiyasidagi avariya sabab bo‘ldi, deb yozmoqda “Uzbekistan Airports”.
Elektr ta’minoti uzilishi kecha, 27-avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida mahalliy vaqt bilan soat 22:09 da "Qo‘yliq" shahar podstansiyasida yuzaga kelgan avariya munosabati bilan sodir bo‘ldi.
Bir necha soniya ichida parvozlarni ta’minlaydigan obyektlar: uchish-qo‘nish yo‘llari, havo harakatini boshqarish obyektlari, radio navigatsiya uskunalari zaxira manbalari hisobidan qayta tiklandi. Shu sababli poytaxt aeroportida parvozlar kechiktirilmadi.
Hozirgi paytda aeroportning elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.
Yangiliklar lentasi
0