https://oz.sputniknews.uz/20230828/rossiya-qoshinlari-ikki-yonalishda-oz-pozitsiyalarini-yaxshiladi-38305389.html
Rossiya qo‘shinlari ikki yo‘nalishda o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi
Rossiya qo‘shinlari ikki yo‘nalishda o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qo‘shinlari Krasnolimanskiy va Marinskiy yo‘nalishidagi vaziyatni yaxshiladi, dedi “Rossiya 24” telekanali efirida Donesk Xalq Respublikasi rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin.
2023-08-28T15:32+0500
2023-08-28T15:32+0500
2023-08-28T16:30+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
denis pushilin
donesk xalq respublikasi (dxr)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/11/36046605_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_d6ecbd49cbc522b35b66744f73f4452c.jpg
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Krasniy Liman va Marinka yo‘nalishidagi vaziyatni yaxshiladi, dedi “Rossiya 24” telekanali efirida Donesk Xalq Respublikasi rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin.Janubiy Donesk yo‘nalishida - DXRning Zaporojye viloyati bilan tutashgan joyida - Urojaynoe, Staromayorskoe va Priyutnoe aholi punktlari hududida janglar davom etmoqda. Ukraina Qurolli kuchlari katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda va natijaga erisha olmayapti, deya ta’kidladi mintaqa rahbari vazifasini bajaruvchi.Avdeyevka yo‘nalishida RF harbiylari kulrang zonani kengaytirishga va o‘z pozitsiyalarini yaxshilashga muvaffaq bo‘lishdi. Qurolli kuchlar Chasovoy Yar va Ivanovskoe tumanlaridagi dushman to‘plangan joylariga zarba berishdi.“Raqib u yerda (Krasniy Liman yo‘nalishida. – tahr.) to‘planib, vaziyatni o‘zgartirish uchun kuch yig‘ishga harakat qilmoqda, biroq aytishimiz mumkinki, qo‘shimcha safarbarliksiz Ukraina qo‘shinlari vaziyatni tubdan o‘zgartirishi imkoni yo‘q", - dedi DXR rahbari vazifasini bajaruvchi.Dushman Kleshcheyevka-Andreyevka-Kurdumovka chizig‘idagi balandliklarni ham egallashga urindi, ammo Rossiya harbiylari barcha hujumlarni muvaffaqiyatli qaytardi, deya qo‘shimcha qildi Pushilin.4-iyun kuni Ukraina Janubiy Donesk, Artyomovsk va Zaporojye yo‘nalishlarida NATO kuchlari tomonidan tayyorlangan va xorijiy texnika bilan qurollangan jangovar brigadalarni tashlab, qarshi hujumga o‘tdi. Vladimir Putin ta’kidlaganidek, dushman natijalarga erisha olmadi va G‘arb kuratorlari "aksil hujum" kursidan hafsalasi pir bo‘lganligi aniq.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/11/36046605_251:0:2982:2048_1920x0_80_0_0_6459c207ff341f881225e03c7fc38756.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya qo‘shinlari ikki yo‘nalishda o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi
rossiya qo‘shinlari ikki yo‘nalishda o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi
Rossiya qo‘shinlari ikki yo‘nalishda o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi
15:32 28.08.2023 (yangilandi: 16:30 28.08.2023) Pushilin: Rossiya Qurolli kuchlari Krasniy Liman va Marinka yo‘nalishlarida o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Krasniy Liman va Marinka yo‘nalishidagi vaziyatni yaxshiladi, dedi “Rossiya 24” telekanali efirida Donesk Xalq Respublikasi rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin.
"Vaziyat ancha keskinligicha qolmoqda. Dushman qayerdadir o‘z pozitsiyalarini qaytarib olishga, qayerdadir balandliklarni egallashga harakat qilmoqda", - dedi u.
Janubiy Donesk yo‘nalishida - DXRning Zaporojye viloyati bilan tutashgan joyida - Urojaynoe, Staromayorskoe va Priyutnoe aholi punktlari hududida janglar davom etmoqda. Ukraina Qurolli kuchlari katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda va natijaga erisha olmayapti, deya ta’kidladi mintaqa rahbari vazifasini bajaruvchi.
"Bizning bo‘linmalarimiz dushmanning ham shaxsiy tarkibi, ham texnikasini yo‘qotishi uchun keng qamrovli choralar ko‘rmoqda", - dedi Pushilin.
Avdeyevka yo‘nalishida RF harbiylari kulrang zonani kengaytirishga va o‘z pozitsiyalarini yaxshilashga muvaffaq bo‘lishdi. Qurolli kuchlar Chasovoy Yar va Ivanovskoe tumanlaridagi dushman to‘plangan joylariga zarba berishdi.
“Raqib u yerda (Krasniy Liman yo‘nalishida. – tahr.) to‘planib, vaziyatni o‘zgartirish uchun kuch yig‘ishga harakat qilmoqda, biroq aytishimiz mumkinki, qo‘shimcha safarbarliksiz Ukraina qo‘shinlari vaziyatni tubdan o‘zgartirishi imkoni yo‘q", - dedi DXR rahbari vazifasini bajaruvchi.
Dushman Kleshcheyevka-Andreyevka-Kurdumovka chizig‘idagi balandliklarni ham egallashga urindi, ammo Rossiya harbiylari barcha hujumlarni muvaffaqiyatli qaytardi, deya qo‘shimcha qildi Pushilin.
4-iyun kuni Ukraina Janubiy Donesk, Artyomovsk va Zaporojye yo‘nalishlarida NATO kuchlari tomonidan tayyorlangan va xorijiy texnika bilan qurollangan jangovar brigadalarni tashlab, qarshi hujumga o‘tdi. Vladimir Putin ta’kidlaganidek, dushman natijalarga erisha olmadi va G‘arb kuratorlari "aksil hujum" kursidan hafsalasi pir bo‘lganligi aniq.