O‘zbekiston o‘z meva-sabzavotlarini asosan qayerga sotmoqda

Obuna bo‘lish
Yetti oyda O‘zbekiston xorijga 1,1 mln tonna meva-sabzavot sotgan. Asosiy xaridor Rossiya bo‘lib qolmoqda.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 1,1 mln tonna meva-sabzavot eksport qilgan. Ular qiymati: 672,9 mln dollar.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga yoki 153,8 ming tonnaga ko‘paygan.
O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,8 %), Pokiston (14,6 %), Qozog‘iston (12,0 %) hamda Qirg‘iziston (9,1 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Batafsil - Sputnik infografikasida
Yangiliklar lentasi
0