O‘zbekiston Hind okeani portlariga chiqishni rejalashtirmoqda

© Ministerstvo transporta Respubliki UzbekistanO‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘onistonda
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘onistonda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Afg‘oniston hududi orqali tranzit va yuklarni boshqa yo‘nalishlarga olib o‘tishdagi cheklovlarni olib tashlash imkoniyatlarini muhokama qildi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘oniston - Pokiston orqali Hind okeani portlariga chiqishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov davlat rahbarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bilan birgalikda Afg‘onistonda bo‘lib, buni muhokama qildi.
Tashrif davomida Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Mullo Hamidullo Oxunzoda bilan birgalikda "O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" avtomobil yo‘nalishi xaritasi bo‘yicha ekspeditsiya bo‘lib o‘tdi.
“Ikki tomonlama muloqot chog‘ida Afg‘oniston va Pokiston orqali Hind okeani portlariga chiqish uchun xalqaro transport yo‘lagini shakllantirish, ikki davlatning transport logistika korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
Tomonlar, shuningdek, xalqaro avtomobil tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, jumladan, Afg‘oniston hududi orqali tranzit va yuklarni boshqa yo‘nalishlarga olib o‘tishdagi cheklovlarni olib tashlash imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki davlat o‘rtasida tranzit yuk tashishni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishga kelishib oldilar.
Yangiliklar lentasi
0