Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Minsk BRIKS-YeOII-ShHT yagona sammitini o‘tkazishni taklif qilmoqda

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishGlava MID Belarusi Sergey Aleynik. Arxivnoe foto
Glava MID Belarusi Sergey Aleynik. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, bu tashabbus mazkur birlashmalar yetakchilariga barqaror iqtisodiy rivojlanish va savdo-sotiq uchun yaxshi shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan kun tartibini muhokama qilishga imkon beradi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Belarus BRIKS, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlarining qo‘shma sammitini o‘tkazishni taklif qilmoqda. Bu haqda respublika tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik ma’lum qildi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, YeOII ham, ShHT va BRIKS ham aslida bu do‘st va maslakdosh davlatlarning ittifoqlaridir.
“Bu tuzilmalarni biriktirish adolatli inklyuziv ko‘p qutbli dunyoni barpo etish jarayonlarini tezlashtirgan bo‘lardi”, - dedi Aleynik ONT telekanali efirida. Uning so‘zlaridan Sputnik Belarus iqtibos keltirgan.
Belarus TIV rahbari BRIKS-YeOII-ShHT sammitini o‘tkazish tashabbusini Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘tgan yil dekabr oyida Bishkekdagi YeOII sammitida ilgari surganini eslatdi. Bu g‘oya 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan BRIKS sammitida ham ilgari surilgan
Aleynikning fikricha, bu tashabbus mazkur birlashmalar yetakchilariga barqaror iqtisodiy rivojlanish va savdo-sotiq uchun yaxshi shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan kun tartibini muhokama qilishga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0