KXShT shtabi boshlig‘i tashkilot kengayishini istisno qilmadi

© Sputnik / Aram Nersesan / Mediabankka o‘tishFlagi gosudarstv, vxodashix v Organizatsiyu Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti, arxivnoe foto
Flagi gosudarstv, vxodashix v Organizatsiyu Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2023
Obuna bo‘lish
KXShT shtabi boshlig‘i Afrika mamlakatlari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) shtabi boshlig‘i general-polkovnik Anatoliy Sidorov tashkilot kengayishi va kuzatuvchilar ro‘yxati to‘ldirilishini istisno qilmadi.
“Biz Lotin Amerikasidan, Afrikadan va boshqa qit’alardan hamkorlar va kuzatuvchilar bo‘lsa, qabul qilishga tayyormiz. Biz siz bilan bir hafta oldin BRIKS tarkibi qanday bo‘lishini aniq ayta olarmidik? Shaxsan men ayta olmasdim. Davlat rahbarlari qaror qilishdi va BRIKS tarkibi 6 ta davlat bilan kengaydi. KXShT bilan ham xuddi shunday bo‘lishi mumkin”, - dedi Sidirov brifing davomida.
Bundan tashqari, KXShT shtabi boshlig‘i Afrika mamlakatlari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXShT kuzatuvchilari va hamkorlari uchun mexanizm mavjud. U bu maqomda qabul qilinuvchi mamlakatlarga muayan huquq va ayrim majburiyatlarni taqdim etadi.
KXShTga hozir Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiya a’zo.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
Moskva KXShT davlatlari G‘arbning e’tibori kuchayganini tanqid qilishiga ishonch bildirdi
Yangiliklar lentasi
0