Ko‘p kvartirali uylarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalarni tekshirish boshlanadi

© Sputnik / Aktan TemirkanovQurilish, arxiv surat
Qurilish, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan, ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlarni aniqladi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 1-sentabrdan ko‘p kvartirali uylardagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar tekshiriladi. Bu “O‘zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida nazarda tutilgan.
Unga ko‘ra, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi nazorat qilish inspeksiyasi tuman (shahar) hokimliklari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrdan boshlab reja grafik asosida
Respublikaning seysmik faol zonasida joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yo‘laklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalarni
ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan, ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlarni aniqlab boradi.
Aniqlangan noqonuniy konstruksiyalar va zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish holatlari bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Yangiliklar lentasi
0