G‘arb Ukrainani Afg‘oniston ssenariysi bo‘yicha tashlab ketmoqda

© AP Photo / Kostiantyn LiberovRanenie ukrainskie voyennoslujashie pod Xarkovom. Arxivnoe foto
Ranenie ukrainskie voyennoslujashie pod Xarkovom. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘pchilik Ukraina AQSh uchun ikkinchi Afg‘onistonga aylanishini bashorat qilmoqda. Chunki buning o‘xshash belgilari tobora yaqqol ko‘rinib qolmoqda: haddan ortiq korrupsiya, chala o‘qitilgan askarlarni o‘limga yuborish va boshqalar.
Rossiya armiyasini maqtashga moyillikdan yiroq bo‘lgan "Reyter" agentligi Rossiya Qurolli kuchlarining Ukraina shimoli-sharqidagi muvaffaqiyatli yurishini deyarli Levitan uslubida tasvirlab berdi: "Rossiya qurolli kuchlarining katta kontingenti Kupansk va Liman hududida hujum qilmoqda <...>.
Bir vaqtning o‘zida "Nyu-York Tayms" gazetasi ham Ukraina quruqlik kuchlari qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning "dushman bo‘linmalari artilleriya, minomot va samolyotlar bilan zarar etkazishda davom etayotganini" tan oldi va zudlik bilan shimoli-sharqda mudofaani kuchaytirishni talab qildi.
Aytish kerakki, Sirskiy uchun bu deyarli g‘alayon, chunki Pentagonning ayyor rejasi bo‘yicha, barcha proksi-kazaklar front chizig‘ining janubi-sharqga jamlanishi va Azov dengiziga qirg‘og‘iga chiqishi kerak edi. Pentagonning o‘ylamasdan yoki ataylab qilingan ushbu manyovri oqibatida ming kilometrlik frontning shimoliy-sharqiy sektori himoyasi zaiflashib qoldi va rus armiyasi uchun keng imkoniyatlar ochildi.
Rus qo‘shinlari bu imkoniyatdan foydalanishdi. Endi esa Moskva qo‘mondonlik oliy-harbiy bilim yurti bitiruvchisi Sirskiy amerikalik boshliqlarga o‘zi xohlagancha shikoyat qilishi va ularni strategik xatolarida ayblashi mumkin. Lekin uning da’volari sovuqqonlik bilan kutib olinadi.

Amerika OAVlaridagi Ukraina qo‘shinlarining chekinishi haqidagi xabarlar ohangi ham keskin o‘zgardi. Bir yil oldin har bir xabar Ukraina Qurolli kuchlariga snaradlar berish va ruslarga birgalikda hujum qilish chaqiriqlari bilan yakunlarnardi. Bugun esa bunday ritorika umuman yo‘q.

Rossiya qo‘shinlarining muvaffaqiyatlari va ukrainaliklarning mag‘lubiyati quruq ta’kidlangan, Kupansk evakuatsiyasi qayd etilgan, lekin hech qanday "Ukrainani himoya qilamiz!", "Ukraina atrofida birlashamiz!" kabi shiorlar yo‘q. AQSh Ukrainani o‘zlarining klassik uslubda tashlab ketmoqda. Yaqindagina ular xuddi shunday uslubda Afg‘onistonni tark etgan edi.
Ushbu hikoyalarning ko‘p tasodiflari ularning tom ma’noda hayratlanarli. Masalan, hozir hech kimning esida yo‘q, lekin AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishidan oldin ham xuddi shunday “qarshi hujum” sodir bo‘lgan edi. Ha, ha, 2020-yil oktabr oyida amerikalik ishonchli shaxslar mamlakat janubidagi Hilmand viloyatida "Tolibon"ga qarshi “qarshi hujum” uyushtirishdi. Ular hatto beshta postni egallab, bir oz muvaffaqiyatga ham erishdilar. Biroq, amerikaliklar o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni davom ettirdilar va 2021-yil may oyida "Tolibon"* hujumga o‘tdi va hammasi Kobulni egallab olish va shassi ichidan qulab tushgan odamlar bilan mashhur bo‘lgan parvozlar bilan yakunlandi.
Ushbu hujumlar, chekinishlar va qarshi hujumlar davomida NATO standartlariga muvofiq tayyorlash Afg‘oniston qo‘shinlariga zarracha yordam bermagani ma’lum bo‘ldi. Ulkan korrupsiya, birovlar qurbon bo‘layotganda boshqalar aqldan ozgandek o‘g‘irlik qilishi. Amerika qo‘mondonligi qo‘lidan kelgan barcha xatolarga yo‘l qo‘ygan, ular o‘zlari o‘qitgan armiyaning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilgan va ularning maqsadi go‘yoki frontning har ikki tomonida maksimal yo‘qotishlarga erishish bo‘lgan.
Masalan, ularning afg‘on harbiylariga faqat shaharlarni himoya qilishni topshirish, lekin mamlakatning barcha magistral yo‘llarini "Tolibon"* uchun ozod qilish g‘oyasining maqsadi aslida nima bo‘lgan?
Umuman olganda, hamma bir-birini aybladi. Aslida, bitta xato bor edi. Ko‘pchilik afg‘onlar Vashington ularni jiddiy va abadiy qo‘llayotganiga, amerikalik bosqinchilar ularga sivilizatsiya va farovonlik olib kelishiga ishonishgan. Ammo bosqinchilarga bu kerak emas edi. Ular shunchaki afg‘onlar afg‘onlarni o‘ldirishini xohlashdi - iloji boricha ko‘proq va imkon qadar uzoq vaqt davomida.
Bunga parallel ravishda, albatta, har xil biznes mavzulari aylanardi, bitta dori savdosi qancha pul olib keldi. Biroq, mohiyat boshqacha edi: mamlakatni vayron qilish va aholini o‘zaro qirg‘in qilishga majburlash. Amerika qo‘mondonlarining ko‘plab "xatolari" aynan shu bilan izohlanadi - aslida ular uchun ular yaratgan qo‘shinlar va "Tolibon"* o‘rtasida farq yo‘q edi.
Xo‘sh, yangi - Ukraina - operatsiyalar teatriga o‘tish kerak bo‘lganda, amerikaliklar tezda okean ortiga qochib ketishdi. Afg‘on armiyasining harbiy xizmatchilari har tomonga qochib ketishdi, ularning aksariyati Eronda qo‘nim topishdi va bugun u yerda qashshoqlikda yashab, o‘z ahmoqliklarini la’natlamoqda.
O‘tgan kuni Kapitoliyda Kobuldan qochish vaqti halok bo‘lgan o‘n uch amerikalik harbiy xizmatchilari motamda kuni tufayli bayroq yarmiga tushirildi. Amerika rejimi vakillari ushbu munosabat bilan kerakli so‘zlarni aytishdi. Ammo yigirma yillik qonli ishg‘olda halok bo‘lgan yuz minglab afg‘on jangchilari va tinch fuqarolarini Amerikada hech kim eslamagan va hech qachon eslamaydi.
Vashington rejasiga ko‘ra, Ukraina Rossiya uchun ikkinchi Afg‘onistonga aylanini kerak edi. Urush tufayli Rossiya mag‘lubiyatga uchrashi, bu esa jamiyatda norozilik keltirib chiqarishi hokimiyat qulashi va Rossiya yerlari parchalanib kelishi kerak edi, xullas, SSSR ssenariysi... Lekin bugun ko‘pchilik Ukraina AQSh uchun ikkinchi Afg‘onistonga aylanishini bashorat qilmoqda. Buni qo‘shinlarimizning muvaffaqiyatlari, Ukrainadagi korrupsion sxemalar atrofidagi ichki mojarolar va ko‘z o‘ngimizda G‘arb ommaviy axborot vositalarining o‘zgaruvchan ritorikasi tasdiqlamoqda.
AQSh olib borgan son-sanoqsiz urushlari shuni ko‘rsatadiki, ular o‘z vakillarini xuddi tajriba kalamushlari kabi labirint ichiga haydab soladi. Hozircha birorta ham kalamush bu labirintdan chiqish yo‘lini topa olgani yo‘q. Afsuski, bu safar ushbu labirintga millionlab oddiy ukrainaliklar tushib qolishdi.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida
Yangiliklar lentasi
0