O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlatlar kapitali ishtirokida korxonalar tashkil etilgan?

© Press-slujba prezidentaTexnopark v Tashkente. Arxivnoe foto
Texnopark v Tashkente. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya O‘zbekistonda korxona ochish bo‘yicha yetakchi: 425 ta korxona.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 1 532 taga yetgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Rossiya O‘zbekistonda korxona ochish bo‘yicha yetakchi: 425 ta korxona. Kuchli uchlikdan Xitoy (329 ta) va Turkiya (143 ta) o‘rin olgan.
Qolgan davlatlar kesimida O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:
Qozog‘iston – 94 ta;
Janubiy Koreya – 59 ta;
Tojikiston – 39 ta;
Qirg‘iz Respublikasi – 34 ta;
Turkmaniston – 31 ta;
Ozarbayjon – 24 ta;
AQSh – 22 ta;
Germaniya – 17 ta.
Yangiliklar lentasi
0