Lazizbek Mullojonov qozog‘istonlik raqibini dastlabki raunddayoq nokautga uchratdi — video

© NOK UzbekistanaLazizbek Mullojonov
Lazizbek Mullojonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2023
Obuna bo‘lish
Dastlabki raunddayoq Lazizbek qozog‘istonlik raqibini texnik nokautga uchratdi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik superog‘ir vaznli bokschi Lazizbek Mullojonov Polshadagi boks oqshomida ringga ko‘tarildi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.
Ushbu jangda Mullojonovga qozog‘istonlik Nursulton Amanjolov raqiblik qildi.
6 raundga mo‘ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Dastlabki raunddayoq Lazizbek qozog‘istonlik raqibini texnik nokautga uchratdi.
Bu Amanjolov uchun faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. U bungacha 5 ta jangda g‘alabaga erishgandi.
Mullojonov esa g‘alabali seriyasini 4 taga yetkazib oldi.
Yangiliklar lentasi
0