Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazilishiga qaramay, Rossiyadan oshib keta olmaydi — OAV

© Foto : Senior Airman Greg L. Davis, U.S. Air ForceF-16 qiruvchi samolyotlari, arxiv surat.
F-16 qiruvchi samolyotlari, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Obuna bo‘lish
Newsweek: Ukraina osmonida F-16 samolyotlarini dunyodagi ikkinchi eng katta havo kuchlari kutib oladi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berilishiga qaramay, Rossiya harbiylaridan oshib keta olmaydi. Bunday fikrni Newsweek sharhlovchisi Mark Devis bildirib o‘tdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Mark Devisning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina osmonida F-16 samolyotlarini dunyodagi ikkinchi eng katta havo kuchlari kutib oladi.

“Rossiya armiyasiga nisbatan kichik Ukraina armiyasi 2024-yilning birinchi yarmida qo‘shinlarni chekinishga majbur qiladi, deb ishonish uchun hech qanday asos yo‘q. Ha, F-16 samolyotlari tez orada keladi, lekin ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash uchun yilning ko‘p qismi kerak bo‘ladi va ular o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan taqdirda ham, ularni Ukraina osmonida dunyodagi ikkinchi eng katta havo kuchlari kutib oladi”, dedi u.

Shuningdek, u bo‘lajak prezidentlik saylovlari munosabati bilan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasi asosiy omilga aylanib borayotganini ta’kidladi.
Unga ko‘ra, aynan nomzodning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi uning taqdirini hal qilishi mumkin. Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlarda Kiyevni moliyalashtirish masalasida ikki qutbli nuqtayi nazar bor – moliyalashtirishni darhol to‘xtatishga qarshi “kerak bo‘lganicha” qo‘llab-quvvatlash.
Kuzatuvchining xulosasiga ko‘ra, amerikaliklarning aksariyati mana shu ikki chegara orasida.
Yangiliklar lentasi
0