Yomg‘ir, shamol va momaqaldiroq — O‘zbekistonda 27-avgust uchun ob-havo

© SputnikToshkent
Toshkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatidan boshqa barcha hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Ertaga, 27-avgust kuni respublikaning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda vaqti-vaqti yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +19-21, kunduzi +24-26 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15-20, kunduzi +23-28 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-20, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 23-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +17-22, kunduzi +23-28 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 23-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 23-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +17-22, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Republikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +13-18 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0