Qizil diplomli shifokor: Ilhom Aliyevning rafiqasi haqida 6 ta qiziqarli fakt

© mehriban-aliyeva.azMehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Mehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Obuna bo‘lish
Mehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi. U Ilhom Aliyev 1983-yilda turmush qurishgan. Sputnik materialida u haqida qiziqarli faktlarni o‘qishingiz mumkin.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan birgalikda Ozarbayjonda bo‘lib qaytdi. Prezident sharafiga Boku shahrida davlat ziyofati ham tashkil etildi.
Shavkat Mirziyoyevni Ilhom Aliyev va uning rafiqasi Mehribon Aliyeva qarshi oldi. Ozarbayjonning birinchi xonimi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarida doimo qiziqish uyg‘otgan. Sputnik materialida u haqida qiziqarli faktlarni o‘qishingiz mumkin.
Mehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi. U mamlakat hukumati ishlarida faol ishtirok etadi. U Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti va Haydar Aliyev fondi prezidenti xisoblanadi. Shuningdek, u uch farzandning onasi hamdir. Aliyevaning go‘zalligi, aql-zakovati, uslubi va muomala madaniyati doim e’tirof etilgan.
© mehriban-aliyeva.azMehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Mexriban Aliyeva - Pervaya ledi Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Mehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Tug‘ilgan joyi va ota-onasi
Mehribon Aliyeva (Pashayeva) 1964-yil 26-avgustda Boku shahrining sobiq "Shuvalan" mahallasida tug‘ilgan. Uning otasi Orif Pashayev taniqli fizik olim bo‘lib, u 1996-yilda Milliy aviatsiya akademiyasining rektori sifatida ham faoliyat olib borgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Pashayevlar oilasi ozarbayjonlik ziyolilarning an’anaviy qadriyatlariga asos bo‘lgan. Mehribon Aliyevaning onasi Aida Imanquliyeva ham olima bo‘lgan. U sharqshunos sifatida arab muhojiri adabiyotini o‘rganish bilan shug‘ullangan. Mehribon Aliyeva oilasidagi hamjihatlik muhitidan doim mamnun bo‘lgani, ota-onasining ta’lim va ilm-fanga qaratgan e’tibori tufayli u bugungi yutuqlariga erishganini ta’kidlaydi.
© mehriban-aliyeva.azMehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Mexriban Aliyeva - Pervaya ledi Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Mehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Kasb-hunar
Aliyeva shifokor. U I.M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva Davlat tibbiyot universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Shundan so‘ng qisqa muddat mobaynida Moskva shahrida oftalmolog sifatida faoliyat yuritgan.
© mehriban-aliyeva.azMehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Mexriban Aliyeva - Pervaya ledi Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Mehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Juftlik Aliyeva universitetda o‘qiyotganda turmush qurishgan
Mehribon Pashayeva va Ilhom Aliyev 1983-yilda turmush qurishgan. O‘shanda Ilhom Aliyev MGIMOdagi eng yosh o‘qituvchilardan biri bo‘lgan. Yorqin va chiroyli juftlik ko‘plab do‘stlarini hayratda qoldirgan. To‘ydan keyin yosh oila Moskvada taxminan 10-yil istiqomat qilgan.
© mehriban-aliyeva.azMehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Mexriban Aliyeva - Pervaya ledi Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Mehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Farzandlari
Ozarbayjonning birinchi xonimi ikki nafar qiz (Leyla va Arzu) hamda 1 nafar o‘g‘il (Haydar) farzandlarni dunyoga keltirgan. Qizlari hozirda oilali. To‘ng‘ich farzandi Leyla Aliyeva mashhur ijrochi Emin Agalarovga turmushga chiqqan. Kichik qizi Arzu Aliyeva esa tadbirkor Samed Qurbonov bilan oila qurgan. Mehribon Aliyeva farzandalrini o‘ta mas’uliyatli, boshqalarning dardiga befarq bo‘lmagan insonlar deya ta’riflaydi.
© mehriban-aliyeva.azMehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Mexriban Aliyeva - Pervaya ledi Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Mehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘radi
2002 yilda birinchi xonim Ozarbayjon gimnastika federatsiyasi prezidenti etib saylangan. Uning sa’y-harakatlari tufayli gimnastika mamlakatda katta shuhrat qozongan. 2005-yilda esa Ozarbayjon badiiy gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogiga mezbonlik qilgan. Bundan tashqari, u Haydar Aliyev nomidagi jamg‘armaga rahbarlik qilib, aholining kam ta’minlangan qatlamlarining ijtimoiy muammolarini hal qilishga alohida e’tibor qaratgan.
© mehriban-aliyeva.azMehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Mexriban Aliyeva - Pervaya ledi Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Mehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
2004 yilda Aliyeva YuNESKOning yaxshi niyat elchisi etib tayinlangan.Shuningdek, u Ozarbayjon MOQ ijroiya qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan. 2005-yilda esa u saylovlarda g‘alaba qozonib, Yangi Ozarbayjon partiyasidan Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisiga deputat etib saylangan. 2017-yil 21-fevralda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan Mehribon Aliyeva mamlakat birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi.
© mehriban-aliyeva.azMehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Mexriban Aliyeva - Pervaya ledi Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Mehribon Aliyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi.
Pazanda
Davlat mavqeyi va yuqori ish yukiga qaramay, birinchi xonim uchun oila doimo birinchi o‘rinda turadi. U chinakam sharqona ayol sifatida o‘choq qo‘riqchisidir. Mehribon Aliyeva taom tayyorlashni yaxshi ko‘radi va uning pazandalik yutuqlarini ba’zan ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘rish mumkin. Aliyevaning so‘zlariga ko‘ra, taom pishirish jarayonida u hordiq chiqaradi va deyarli barcha milliy ozarbayjon taomlarini tayyorlay oladi.
Yangiliklar lentasi
0