Farg‘ona atirgul ko‘chatlarini eksport qilish hajmini oshirdi

© Ministerstvo selskogo xozaystvaFarg‘ona atirgul ko‘chatlarini eksport qilish hajmini oshirdi
Farg‘ona atirgul ko‘chatlarini eksport qilish hajmini oshirdi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Obuna bo‘lish
Quva tumanidagi fermer xo‘jaligi bu yil 500 mingta gul ko‘chatlarini eksport qildi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Farg‘ona viloyati Quva tumanida atirgul ko‘chatlarini eksport qilish xajmi oshdi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Qayd etilishicha, so‘xlik va quvalik fermerlar 2021-yilda hamkorlikda gul ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha "Asat vodiy gullari" fermer xo‘jaligini tashkil etishgan.
Fermer xo‘jaligiga dunyoning rivojlangan davlatlaridan gullarning 300 xil navi olib kelinib, payvand qilindi va asta-sekin ekishga tayyorlanmoqda.
“Bu yerda yetishtirilgan gul ko‘chatlari asosan Rossiyaga eksport qilinadi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, o‘tgan yili 300 ming dona gul ko‘chatlari eksport qilingan. Bu yil ko‘rsatgich 200 mingtaga oshdi, yani 500 mingtani tashkil etmoqda.
Vazirlik ma’lum qilishicha, gulzorlarda, xonadonlarda atirgulning “Qora magiya”, “Papilon”, “Burgun”, “Salvidor”, “Kulin Yelezaveta”, “Moskovskiy”, “Prezident”, “Anjelika” kabi navlarini yetishtirish tavsiya etiladi.
Yangiliklar lentasi
0