Toshkentning ayrim ko‘chalari avtotransport uchun vaqtincha yopiladi

© Press-slujba NOK UzbekistanaOmmaviy yugurish musobaqasi, arxiv surat.
Ommaviy yugurish musobaqasi, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2023
Obuna bo‘lish
“Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi munosabati bilan poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Toshkentning ayrim ko‘chalari avtotransport uchun vaqtincha yopiladi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.
Toshkentda 3-sentabr kuni Mustaqillik 32-yilligiga bag‘ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
31 avgust kuni soat 10:00 dan 3-sentabr kuni soat 10:00 gacha: Afrosiyob ko‘chasi I. Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Beshog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha.
3 sentabr kuni soat 05:00 dan 09:00 gacha: Afrosiyob ko‘chasi I. Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko‘chalari bo‘ylab, Rim-Katolik cherkovigacha.
Eslatib o‘tamiz, 3-sentabr kuni O‘zbekistonning 16 ta shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligiga bag‘ishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur ommaviy yugurish musobaqasi Toshkent, Nurafshon, Guliston, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Termiz, Qarshi, G‘uzor, Xiva va Nukus shaharlarida o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0