Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi etib tayinlandi

© Telegram/Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2023
Obuna bo‘lish
Mirziyoyeva 2019-yildan buyon Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari edi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar qildi.
Mirziyoyeva 2019-yildan buyon Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Saida Mirziyoyeva 1984-yil 4-noyabrda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 2006-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tugatgan. 2006-2008 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti hamda 2008-2010 yillardan M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistranti bo‘lgan. 2021-yil iyunida Moskva davlat universitetida iqtisodiyot bo‘yicha dissertatsiya yoqlagan.
U ko‘p yillar davomida turli sohalarda, shuningdek, 2019-2020 yillarda Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.
Yangiliklar lentasi
0