Kimga qutqaruv kamari, kimga tahdid: dunyo BRIKS sammitini qanday baholamoqda

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSammit BRIKS v YuAR
Sammit BRIKS v YuAR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2023
Obuna bo‘lish
Dunyo OAVlari Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan BRIKS sammitini turlicha baholamoqda: G‘arb - xavotirli, Janub - umidli.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Kuni kecha Janubiy Afrika Respublikasida BRIKS sammiti yakunlandi. Unda yana 6 ta davlatni tashkilotga qo‘shib olishga kelishib olindi. BAA, Saudiya Arabistoni, Eron, Misr, Efiopiya va Argentina 2024-yilning yanvaridan tashkilotning to‘laqonli a’zosiga aylanadi. RIA Novosti ma’lumotlariga asosan.
Kelishuvning yana bir qiziq jihati, BRICS nomi o‘zgarmaydi. Tashkilotning yangi a’zolari ushbu qarorni ma’qullashgan. Sabab — ushbu nom dunyoda allaqachon taniqli brendga aylanib ulgurgan va yangisini o‘ylab topishga hojat yo‘q.

Qutqaruv kamari

Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan sammitning yana bir esga qoladigan tomoni, unda Vladimir Putin va Si Szinpin AQShning rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan siyosatini keskin tanqid qilishi bo‘ldi. Ularning xulosasiga ko‘ra, Amerika o‘z gegemonligini saqlab qolish maqsadida, o‘z ixtiyorida bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy vositalar orqali rivojlanayotgan davlatlarga bosim o‘tkazmoqda, unga ma’qul kelmagan hukumatlarga nisbatan xalqaro qonun normalariga zid ravishda sanksiyalar qo‘llamoqda.

Ana shunday vaziyatda BRIKS rivojlanayotgan davlatlarni AQSh gegemonligidan himoya qila oladigan "qutqaruv kamari"ga aylanishi mumkin va bu jarayon allaqachon boshlandi — AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarga BRIKS a’zolaridan birortasi ham qo‘shilmadi, ularga nisbatan bosim o‘tkazilganiga qaramasdan.

Misrning “Al-Ahram Al-Arabi” jurnali bosh muharriri Jamol al-Kashkiyga ko‘ra, BRIKS dunyoning yangi qutbi bo‘ladi va qo‘shilmaslik yo‘lini tanlagan davlatlar uchun hayot yo‘li bo‘ladi.
Rossiya xalqaro maydonga qaytdi, Xitoy yangi bosqichda, Braziliya va Janubiy Afrika ham ulardan qolishmaydi. Bir qutbli dunyo endi haqiqat emas.
Frensis Fukuyama va Zbignev Bjezinskining bir qutbli dunyo va Vashington hukmronligi haqidagi g‘oyalaridan yiroq yangi qutb yaratilgan. Endi Janub mamlakatlari Vashingtonning bosim va po‘pisalarini ko‘tarmaydi va uning himoyasiga ishonmaydi.

G7 uchun tahdid

G‘arb davlatlari OAVlari BRIKS kengayishi haqidagi ma’lmuotlarni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpinning g‘alabasi deb atadi.
"The New York Times" gazetasi BRIKS kengayishiyni G7 va Jahon banki kabi G‘arb yetakchiligi timsollari bilan qiyoslashga urinish deb atadi

Shvetsiyaning "Dagens Industri" gazetasi BRIKSning maqsadlaridan biri “dollar bilan raqobatlasha oladigan boshqa jahon valyutasini” yaratish dedi.

Yevropaning "Euractiv" nashri, o‘z navbatida, BRIKSning mavjud moliya institutlariga muqobil sifatida Yangi taraqqiyot bankini kengaytirish va ilgari surish rejalari G‘arbda xavotir uyg‘otayotgani haqida yozadi.

Putin va Si Szinpinning g‘alabasi

Amerikaning "The Wall Street Journal" gazetasi BRIKSning kengayishi Xitoy va Rossiya yetakchilarining g‘alabasi, deb hisoblaydi. Gazetaning yozishicha, G‘arb bilan geosiyosiy va iqtisodiy raqobat kuchayib borayotgan sharoitda aynan mana shu yetakchilar blokni rivojlantirishga intilishgan. Aynan ular rivojlanayotgan dunyoning ovozi kuchliroq bo‘lishi uchun ko‘laming kengroq klub tashkil qilishga harakat qilishgan.
Britaniyaning "Financial Times" gazetasi ham BRIKSning kengayishini Xitoy rahbarining g‘alabasi deb ataydi. Uning fikricha, Xitoy G7ga kattaroq raqobatchi yaratish uchun sammit oldidan guruhni tez kengaytirish tashabusi bilan chiqqan.
Amerikaning "Newsweek" nashri yozishiga ko‘ra, Pekin va Moskva BRIKSning yillik uchrashuvdan AQShga zarba berish imkoniyati sifatida foydalangan va AQShni gegemon kuch sifatida ko‘rsatgan.
Maqola muallifining qayd etishicha, Vashington tomonidan qo‘llangani sanksiyalar, ko‘zlangan natijalarga olib kelmadi va aksincha natija bermoqda: ular dunyoda AQSh hukmiga bo‘ysunmaydigan, yangi global moliyaviy arxitekturani yaratilishga hissa qo‘shishi mumkin. Bu yerda Vashington uchun jiddiy strategik oqiblatlar kelib chiqish imkoniyati mavjud.
Avstraliyaning "Sydney Morning Herald" nashri ham shunga o‘xshash nuqtayi nazarni bildirgan. Ular Rossiya va Xitoy rahbarlari nutqini "o‘z gegemonligini saqlab qolish maqsadida rivojlanayotgan davlatlarga zarar yetkazayotgan muayan bir davlatga "keskin qarshi qaratilgan" deb baholagan.
Yangiliklar lentasi
0