O‘zbekistonliklar ID-karta bilan Qirg‘izistonda necha kun bo‘lish mumkin

© AFP 2023 / VYACHESLAV OSELEDKOKontrolno-propusknoy punkt kirgizsko-uzbekskoy granisi v Kara-Suu
Kontrolno-propusknoy punkt kirgizsko-uzbekskoy granisi v Kara-Suu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari 1-sentabrdan Qirg‘izistonga ID-karta bilan borishlari mumkin.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari 60 kungacha identifikatsiya ID-kartasi bilan ikki davlat hududlariga kirishlari, harakatlanishlari va unda bo‘lib turishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, 25-avgust kuni ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqida bayonnoma (Bishkek shahri, 2023-yil 27-yanvar) kuchga kirdi.
Ikki davlat hududiga kirish, undan chiqish, tranzit o‘tish, harakatlanish va unda bo‘lib turish uchun identifikatsiya ID-kartasidan amalda foydalanish o‘zaro kelishuvga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabr soat 00:00 dan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.
Bayonnoma bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ikki davlat fuqarolari uchun davlat chegarasini kesib o‘tishning soddalashtirilgan yagona tartibi joriy etildi.
“Jumladan, bundan buyon O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari 60 kungacha identifikatsiya ID-kartasi bilan ikki davlat hududlariga kirishlari, harakatlanishlari va unda bo‘lib turishlari mumkin”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasporti bilan Qirg‘izistonga kirish, undan chiqish va tranzit orqali boshqa davlatlarga o‘tishlari mumkin.
Qora suvdagi o‘zbek-qirg‘iz nazorat o‘tkazish punkti, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2023
Birinchi sentabrdan Qirg‘izistonga ID-karta bilan borish mumkin bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0