O‘zbekiston Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaO‘zbekistonlik gimnastikachi Taxmina Ikromova.
O‘zbekistonlik gimnastikachi Taxmina Ikromova. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2023
Obuna bo‘lish
Badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida Taxmina Ikromova O‘zbekiston uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining ilk yo‘llanmasini taqdim qildi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Ispaniyaning Valensiya shahrida o‘tayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida Taxmina Ikromova O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining ilk yo‘llanmasini taqdim qildi.
U ko‘pkurash dasturida 4 mashq yakunidan so‘ng 124.200 ball bilan 9-o‘rinni egalladi.

“Ikromova bu bilan Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi 14 talikdan joy oldi. Shuningdek, sportchimiz bulava va tasmadagi mashqda final bosqichiga yo‘l oldi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Filippinning Manila shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Taxmina Ikromova 5 yo‘nalishda g‘alaba qozonib, shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar orasida eng yaxshi multimedalchi bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0