https://oz.sputniknews.uz/20230825/ozbekiston-kuz-ob-havo-38240388.html
O‘zbekistonda kuz faslida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekistonda kuz faslida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zgidromet kuz oylari uchun meteorologik prognozini e’lon qildi. Sentabrda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik havo harorati respublika bo‘yicha meyor atrofida, ba’zi joylarda meyordan 1−1,5 darajaga yuqori bo‘lib, +18…+25 darajani tashkil etadi.Oyning birinchi yarmida harorat asosan kechalari +13…+18 daraja, kunduz kunlari +33…+38 daraja bo‘ladi.
2023-08-25T19:31+0500
2023-08-25T19:31+0500
2023-08-25T19:31+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekistonda ob-havo
o‘zgidromet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30336153_0:79:2727:1613_1920x0_80_0_0_4ac5e34958f65c8b168884ef78fdda6b.jpg
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zgidromet kuz oylari uchun meteorologik prognozini e’lon qildi.SentabrBu oyda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik havo harorati respublika bo‘yicha meyor atrofida, ba’zi joylarda meyordan 1−1,5 darajaga yuqori bo‘lib, +18…+25 darajani tashkil etadi.Oyning birinchi yarmida harorat asosan kechalari +13…+18 daraja, kunduz kunlari +33…+38 daraja bo‘ladi. Ikkinchi yarmida harorat kechalari +13…+18 darajadan +8…+13 darajagacha, kunduz kunlari +30…+35 darajadan +23…+28 darajagacha o‘zgarib turadi.Oylik yog‘ingarchilik miqdori meyordan kam, ba’zi joylarda meyor atrofida bo‘lishi kutilmoqda (meyor 3−8 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 0,0−2 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 9−28 mm gacha).Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlari biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, janubda esa yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam.OktabrKuzning ikkinchi oyida o‘rtacha oylik havo harorati respublika bo‘yicha meyor atrofida bo‘lib, +10…+12 darajani, janubda +16…+18 darajagachani tashkil etadi.Oy davomida harorat kechalari +10…+15 daraja iliqdan +3…+8 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi, oy oxirida 0…-2 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari +23…+28 daraja iliqdan +13…+18 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Shimolda, oy davomida havo harorati kechalari +8…+13 daraja iliqdan +1…+6 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi, 0…-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari +12…+17 daraja iliqdan +20…+25 daraja iliqgacha o‘zgarib turadi.Oylik yog‘ingarchilik miqdori meyor atrofida, ba’zi joylarda meyordan ko‘p, shimolda va janubda ba’zi joylarda meyordan kam (meyor 12−26 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 3−11 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 27−70 mm gacha).Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.NoyabrBu oyda o‘rtacha oylik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, +2…+8 daraja iliqni, janubda +10 darajagacha iliqni tashkil etadi.O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik meyorga yaqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda, faqat respublikaning janubi-g‘arbida biroz ehtimollik bilan yog‘ingarchilik taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda.Noyabr oyida yog‘ingarchilik meyori 37−48 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida 8−36 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 65−113 mm gacha bo‘ladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30336153_784:163:2727:1620_1920x0_80_0_0_dd2f13c155057fa4124804e3ce2adee1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston kuz fasli ob-havo prognoz o‘zgidromet
o‘zbekiston kuz fasli ob-havo prognoz o‘zgidromet
O‘zbekistonda kuz faslida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
Noyabrda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik meyorga yaqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zgidromet kuz oylari uchun meteorologik prognozini
e’lon qildi.
Bu oyda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik havo harorati respublika bo‘yicha meyor atrofida, ba’zi joylarda meyordan 1−1,5 darajaga yuqori bo‘lib, +18…+25 darajani tashkil etadi.
Oyning birinchi yarmida harorat asosan kechalari +13…+18 daraja, kunduz kunlari +33…+38 daraja bo‘ladi. Ikkinchi yarmida harorat kechalari +13…+18 darajadan +8…+13 darajagacha, kunduz kunlari +30…+35 darajadan +23…+28 darajagacha o‘zgarib turadi.
Oylik yog‘ingarchilik miqdori meyordan kam, ba’zi joylarda meyor atrofida bo‘lishi kutilmoqda (meyor 3−8 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 0,0−2 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 9−28 mm gacha).
Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlari biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, janubda esa yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam.
Kuzning ikkinchi oyida o‘rtacha oylik havo harorati respublika bo‘yicha meyor atrofida bo‘lib, +10…+12 darajani, janubda +16…+18 darajagachani tashkil etadi.
Oy davomida harorat kechalari +10…+15 daraja iliqdan +3…+8 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi, oy oxirida 0…-2 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari +23…+28 daraja iliqdan +13…+18 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Shimolda, oy davomida havo harorati kechalari +8…+13 daraja iliqdan +1…+6 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi, 0…-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari +12…+17 daraja iliqdan +20…+25 daraja iliqgacha o‘zgarib turadi.
Oylik yog‘ingarchilik miqdori meyor atrofida, ba’zi joylarda meyordan ko‘p, shimolda va janubda ba’zi joylarda meyordan kam (meyor 12−26 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 3−11 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 27−70 mm gacha).
Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
Bu oyda o‘rtacha oylik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, +2…+8 daraja iliqni, janubda +10 darajagacha iliqni tashkil etadi.
O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik meyorga yaqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda, faqat respublikaning janubi-g‘arbida biroz ehtimollik bilan yog‘ingarchilik taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda.
Noyabr oyida yog‘ingarchilik meyori 37−48 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida 8−36 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 65−113 mm gacha bo‘ladi.