Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 25-avgustning asosiy voqealari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishOperatori BpLA SVO proxodat obuchenie v primenenii "agitatsionnix dronov" v zone provedeniya SVO.
Operatori BpLA SVO proxodat obuchenie v primenenii agitatsionnix dronov v zone provedeniya SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘tgan kun davomida Rossiya qo‘shin guruhlari Donesk, Kupansk, Zaporojye, Janubliy Donesk va Krasniy Liman yo‘nalishlarida UQKning 13ta hujumini qaytardi. Dushman 600 dan ortiq askarini yo‘qotib chekinishga majbur bo‘ldi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 25-avgust hisoboti:

Rossiya harbiy-dengiz kuchlari o‘tgan tunda Ukraina qurolli kuchlari foydalangan port infratuzilmasi obektiga qarshi yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar yordamida zarba berdi. Zarbalar nishonga yetib bordi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi Zaliznyanskoe, Klesheyevka va Staromixaylovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining uchta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. Kun davomida dushman yo‘qotishlari (halok bo‘lgan va yaralanganlar) 260 nafar harbiy xizmatchi, bitta tank, ikkita BMP, ikkita avtomobil, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va ikkita D-20 gaubitsasi bo‘ldi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Xarkov viloyati Sinkovka va LXRning Sergeyevka aholi punktlari hududida UQKning 47-mexanizatsiyalashgan va 68-yeger brigadalarining uchta hujumni qaytardi. O‘tgan kun davomida ushbu yo‘nalishda 50 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita tank, uchta BMP, ikkita pikap va D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Zaporoje yo‘nalishida rus bo‘linmalari artilleriya yordamida dushmanning beshta hujumini qaytardi. dushman yo‘qotishlari 110 dan ortiq harbiy xizmatchilar, ikkita Bradley BMPsi va ikkita "Stryker" BTRi (AQShda ishlab chiqarilgan), to‘rtta avtomashina, M777 artilleriya tizimi (AQSh), shuningdek, Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan ikkita FH-70 to‘plarini tashkil qildi. Rabotino qishlog‘i yaqinida o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Janubiy-Donetsk yo‘nalishida "Sharq" kuchlar guruhi DXRning Sladkon aholi punkti hududida dushman hujumini qaytardi. Urojaynoe aholi punkti hududida UQKning 38-dengiz piyodalari brigadasiga zarba berildi. Zaporoje viloyatining Priyutnoe aholi punkti hududida UQK 31-dengiz piyodalari brigadasining ikkita diversion-razvedka guruhi faoliyati to‘xtatildi. Ushbu yo‘nalishda janglar natijasida 125 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta avtomashina, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi, ikkita "Msta-B" va D- 20 gaubitsalari, o‘ziyurar "Gvozdika" artilleriya moslamasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqilgan AN/TPQ-36 artilleriyaga qarshi radar yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari LXRning Kuzmino posolkasida UQKning 42-mexaniklashtirilgan brigadasi hujumini qaytardi. Bundan tashqari, LXRning Chervonaya Dibrova, DXRning Torskoe va Grigorovka aholi punktlari hududlarida UQKning 63-, 67-mexanizatsiyalashgan brigadalari va Milliy gvardiyaning 5-brigadasi bo‘linmalariga artilleriya zarbasi berildi. Kun davomida dushman yo‘qotishlari 80 nafar harbiy xizmatchi, to‘rtta zirhli jangovar mashina va ikkita yuk mashinasini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida artilleriya zarbasi natijasida 50 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta avtomashina, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, shuningdek, Msta-B va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi 147ta tumanda UQKning ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi. Rossiya qiruvchi samolyoti Semonovka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyotini urib tushirdi.
Havo mudofaa kuchlari tomonidan Xerson viloyati, Zolotaya Balka aholi punkti hududida Ukrainaning Su-25 hujumchi samolyoti urib tushirildi. Kun davomida beshta AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS reaktiv o‘tochar tizimi raketalari va HARM radarga qarshi raketasi va bitta S-200 zenit raketasi tutib olindi.
Bundan tashqari, kun davomida Xarkov viloyati Olshana, LXRning Shishkovo, DXRning Berestovoe, Golmovskiy, Zaporojye viloyatining Vasilevka, Sladkaya Balka, Injenernoe va Jovtnevoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 73ta uchuvchisiz apparati radioelektron kurash vositalari yordamida urib tushirildi va bostirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 464 ta samolyot, 246 ta vertolot, 6085 ta uchuvchisiz uchish apparati, 433 ta zenit-raketa kompleksi, 11492 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1144 ta reaktiv tizimlar jangovar texnikasi, 6042 ta artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12424 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0