Tumanlarda chorvachilik klasterlari tashkil etiladi

© Sputnik / Kirill BragaTelyata, arxivnoe foto
Telyata, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2023
Obuna bo‘lish
Respublikadagi 25 ta tumanda bir qator yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan chorvachilik klasterlari tashkil etiladi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekistonning 25 ta tumanida chorvachilik klasterlari tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–285-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, bir qator yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan chorvachilik klasterlari tashkil etiladi.
Tashkil etiladigan klasterlar:
go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, aholidan yig‘ib olish, qayta ishlash va tayyor mahsulot shaklida realizatsiya qilish;
tayyor ozuqa yem mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni aholiga qulay bo‘lgan hududlarda sotish shoxobchalarini tashkil etish;
aholi xonadonlariga mahsuldor naslli mollarni yetkazib berish;
chorva mollarini so‘yish kushxonalari, terilarni qabul qilish va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish;
terini qayta ishlovchi korxonalar bilan birgalikda kooperatsiya asosida teridan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Shunga ko‘ra, tashkil etiladigan chorvachilik klasterlariga 60 million dollar miqdorida kreditlar ajratiladi.
Paxta va g‘alla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga har bir tumanda kamida 100–150 gektar maydon ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratiladi.
Chorvachilik xo‘jaliklari 2023-yil 1-dekabrdan o‘z ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘ini Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi kafolati asosida 180 kun ichida to‘lab berish tizimi joriy etiladi.
2023 yil 1-sentabrdan 2025-yil 31-dekabrgacha davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorida;
parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 15 ming so‘mini qoplash uchun.
Yangiliklar lentasi
0