Bolani maktabga tayyorlash necha pulga tushadi — xarajatlar kalkulyatori 2023

© SputnikSkolko stoit sobrat rebenka v shkolu v Uzbekistane v 2023 godu.
Skolko stoit sobrat rebenka v shkolu v Uzbekistane v 2023 godu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2023
Obuna bo‘lish
Yangi o‘quv yiliga sanoqli kunlar qoldi. Ayni kunlarda ota-onalar maktab anjomlari va kiyim-kechaklarni sotib olishni boshlagan. Sputnik muxbiri O‘zbekistonda 2023-yilda bolani maktabga tayyorlash qanchaga tushishini aniqladi.
O‘quv qurollari narxi 500 so‘mdan (kitob muqovasi) 250 000 so‘mgacha (portfel), 12 varaqli daftar 2-3 ming so‘m, sharikli ruchka 500-4 ming so‘m, kundalik 4-42 ming so‘mga tushadi.
Maktab formasiga kelsak, o‘g‘il bolalar uchun ko‘ylak narxi 210 ming so‘m, shim 200 ming so‘m, poyabzal narxi 450 ming so‘mgacha yetishi mumkin. Qizlar uchun bluzka 100-200 ming so‘m, yubka 162-250 ming so‘m, kofta 182-400 ming so‘m, poyabzal 140-360 ming so‘mgacha turadi.
Eslatib o‘tamiz, barcha ma’lumotlar O‘zbekiston bozorlari va maktab yarmarkalarida to‘plangan, ko‘rsatilgan narxlar yakuniy emas. Savdo markazlarida shunga o‘xshash tovarlarning narxi sezilarli darajada farq qilishi mumkin.
Sotuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ota-onalar maktab boshlanishiga 1-2 hafta qolganda o‘quv qurollarini xarid qilishda eng faol bo‘lishadi. Mamlakat bo‘ylab ochilgan maxsus maktab yarmarkalarida, bozorlar va internet-do‘konlarda kanselyariya buyumlarini xarid qilishingiz va o‘quvchilarga kiyim-kechak sotib olishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0