Qorabog‘da Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab ochildi — foto

Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat yetakchilari rafiqalari bilan birga bayramona tasmani kesib, maktabni tantanali ravishda ochdi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifining ikkinchi kunida ikki davlat rahbarlari rafiqalari bilan birga Fuzuliy va Shusha shaharlariga tashrif buyurdilar. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev 2021-yil 31-mart kuni o‘tgan Turkiy kengashning norasmiy sammitida O‘zbekiston Qorabog‘ zaminidagi yodgorliklar, madaniyat va ma’rifat maskanlarini qayta tiklashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanini ta’kidlagan edi.
Fuzuliy shahrida 960 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan zamonaviy maktab qurilishi O‘zbekiston prezidenti tashabbusining amaliy ifodasi bo‘ldi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli maktabda 40 ta sinfxona, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional o‘quv xonasi, majlislar va sport zallari, oshxona, kutubxona mavjud. Futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish uchun joylar, yugurish yo‘laklari tashkil qilingan.
Ikki mamlakat yetakchilari rafiqalari bilan birga bayramona tasmani kesib, maktabni tantanali ravishda ochdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Karabaxe otkrilas shkola imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
1/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Karabaxe otkrilas shkola imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
2/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Karabaxe otkrilas shkola imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
3/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Karabaxe otkrilas shkola imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
4/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Karabaxe otkrilas shkola imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
5/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Karabaxe otkrilas shkola imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
6/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Karabaxe otkrilas shkola imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
7/7
Prezidentlar o‘quv binolari va maktab hududi bilan tanishib, o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashdilar, ularga o‘qishda muvaffaqiyat tiladilar.
So‘ng davlat rahbarlari Fuzuliy shahrida barpo etilayotgan uy-joy majmuasiga tashrif buyurdilar. Prezidentlar majmuadagi xonadon egalari bilan uchrashdilar.
Samimiy suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarining mustahkam do‘stligi va qardoshlik aloqalari haqida so‘z bordi.
Mirziyoyev Fuzuliyda hayot barqaror holatga qaytayotganidan mamnunligini bildirdi, prezident Ilhom Aliyev rahbarligida Qorabog‘ni qayta tiklash va rivojlantirish, aholining farovon turmushi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini yuksak baholadi. Ozarbayjon xalqiga tinchlik, osoyishtalik va ravnaq tilaklari bildirildi.
Davlat rahbarlari yangi xonadonlarni kirib ko‘rdilar. So‘ng yetakchilar balandlikdan turib vayronagarchilik oqibatlarini va qurilish ishlarini borishini kuzatdilar. Mirziyoyevga Fuzuliyni qayta tiklash rejalari to‘g‘risida so‘zlab berildi.
Yangiliklar lentasi
0