https://oz.sputniknews.uz/20230824/metan-zapravkalar-gaz-narxi-38190559.html
Metan "zapravka"lar uchun gaz narxini oshirish rejalashtirilmagan – Energetika vazirligi
Metan "zapravka"lar uchun gaz narxini oshirish rejalashtirilmagan – Energetika vazirligi
Sputnik O‘zbekiston
Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda metan “zapravka”larda gaz narxi oshishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.Ta’kidlanishicha, barcha metan "zapravka"larga avgust oyi uchun ham ularning talablariga asosan belgilangan limitga ko‘ra tabiiy gaz to‘liq yetkazib berilgan. Hech qanday cheklov kiritilmagan.
2023-08-24T16:44+0500
2023-08-24T16:44+0500
2023-08-24T16:44+0500
jamiyat
energetika vazirligi
gaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/11/26261870_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_b6d5d0fe9559d7f68a58b7bf94fa384c.jpg
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda metan “zapravka”larda gaz narxi oshishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.Ta’kidlanishicha, barcha metan "zapravka"larga avgust oyi uchun ham ularning talablariga asosan belgilangan limitga ko‘ra tabiiy gaz to‘liq yetkazib berilgan. Hech qanday cheklov kiritilmagan.Vazirlik metan "zapravka"larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshmaganini qayd etgan.Aholi va boshqa toifadagi iste’molchilar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda belgilangan muddatlarda tabiiy gaz narxining oshirilishi haqida avvaldan ogohlantirilishi eslatilgan.“Zapravka"larda gaz narxining asossiz oshirilishi holatlari yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 1159 raqamli “ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/11/26261870_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_52f4cbf555f5ccf4455d86e50bed28cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
metan gaz zapravka o‘zbekiston cheklov narx
metan gaz zapravka o‘zbekiston cheklov narx
Metan "zapravka"lar uchun gaz narxini oshirish rejalashtirilmagan – Energetika vazirligi
Vazirlik metan "zapravka"larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshmaganini qayd etgan.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda metan “zapravka”larda gaz narxi oshishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga
munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, barcha metan "zapravka"larga avgust oyi uchun ham ularning talablariga asosan belgilangan limitga ko‘ra tabiiy gaz to‘liq yetkazib berilgan. Hech qanday cheklov kiritilmagan.
“Qaysidir metan "zapravka" o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turgan bo‘lsa, demak, bu qandaydir texnik sabablar yoki boshqa bir omil tufayli bo‘lishi mumkin”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik metan "zapravka"larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshmaganini qayd etgan.
Aholi va boshqa toifadagi iste’molchilar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda belgilangan muddatlarda tabiiy gaz narxining oshirilishi haqida avvaldan ogohlantirilishi eslatilgan.
“Zapravka"larda gaz narxining asossiz oshirilishi holatlari yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 1159 raqamli “ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.