Lavrov BRIKSning G7dan farqini aytdi

© Sputnik / MID RF / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, “yettilik”da hamma Qo‘shma Shtatlarga quloq tutadi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. “Katta yettilik”da (G7) strategik yo‘nalishni AQSh belgilaydi, BRIKSda esa har bir a’zo uchun teng huquqlilik ta’minlangan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Yettilik” va boshqa G‘arb tuzilmalaridan BRIKSning farqi shundaki, “yettilik”da hamma Qo‘shma Shtatlarga quloq tutadi. Vashington belgilaydigan strategik chiziqqa biror kishi biror qo‘shimcha kiritishga erishishi mumkin. Biroq strategik yo‘nalishni aynan u (AQSh – tahr.) belgilaydi”, - dedi Lavrov BRIKS sammiti yakunlariga bo‘yicha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida.

Rossiya TIV rahbari BRIKSda bunga mutlaqo yondashuv yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Birlashmada har bir a’zo uchun teng huquqlilik ta’minlangan. Biror a’zo u yoki bu qarordan norozi bo‘lsa, kelishuv bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, BRIKS sammiti 22-24 avgust kunlari Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Xitoy, Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika yetakchilari, Rossiyadan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda onlayn ishtirok etmoqda.
BRIKS — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani birlashtiruvchi tashkilotdir. Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan sammitning birinchi kuni yakunida yana 6 ta davlatni qo‘shib olishga qaror qilingani ma’lum bo‘ldi: Saudiya Arabistoni, Argentina, Eron, BAA, Misr va Efiopiya.
Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSh “Katta yettilik” (G7) a’zosidir.
Yangiliklar lentasi
0