Bekzod Abdurahmonov nomzodi OOK atletlar komissiyasi a’zoligiga ilgari surildi

© Press-slujba NOK UzbekistanaBekzod Abduraxmonov.
Bekzod Abduraxmonov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2023
Obuna bo‘lish
Osiyo Olimpiya kengashi atletlar komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Erkin kurash bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov nomzodi Osiyo Olimpiya kengashi atletlar komissiyasi a’zoligiga ilgari surildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Osiyo Olimpiya kengashi atletlar komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida o‘zbekistonlik Bekzod Abdurahmonov ham bor. Uning nomzodi Markaziy Osiyo mintaqasidan ilgari surilgan.
Mintaqadan 3 nafardan erkak va ayol nomzodlar ko‘rsatib o‘tilgan. Yakunda 1 nafardan atletlar ovoz berish yo‘li orqali aniqlab olinadi.
Mazkur jarayon Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari doirasida, aniqrog‘i, O‘yinlar ochilish marosimidan 1 kun keyin boshlanib, yopilish marosimidan 2 kun avval yakunlanadi.
Yangiliklar lentasi
0