https://oz.sputniknews.uz/20230824/aqsh-nato-boyicha-ittifoqchisiga-urush-elon-qildi-oav-38191640.html
AQSh NATO bo‘yicha ittifoqchisiga urush e’lon qildi — OAV
AQSh NATO bo‘yicha ittifoqchisiga urush e’lon qildi — OAV
Sputnik O‘zbekiston
Yeni Safak: AQSh NATO bo‘yicha ittifoqchi Turkiyaga qarshi yashirin urush olib bormoqda.
2023-08-24T17:17+0500
2023-08-24T17:17+0500
2023-08-24T18:30+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
nato
turkiya
gretsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/18/38196993_0:109:989:665_1920x0_80_0_0_880df662fcef9a7d6c6553c42e82e61d.png
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. AQSh Turkiyaga qarshi yashirin va e’lon qilinmagan urush holatida, dedi Yeni Safak gazetasi sharhlovchisi Tamer Qo‘rkmaz.AQSh harbiylarining Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (RPK) jangarilari bilan o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘ulotlar jurnalistning e’tiroziga sabab bo‘ldi. "Ular Turkiyaning emas, balki RPKning ittifoqchisi ekanliklarini ko‘rsatmoqda!", — deb hisoblamoqda u. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, AQSh maxsus kuchlari qo‘mondoni Jeff Dennis yaqinda “Suriya shimolida u tayyorlagan” kurd jangchilariga “bitiruv” marosimida qatnashgan.Bundan tashqari, u orolning bufer zonasida BMT tinchlikparvar kuchlari va kiprlik turklar o‘rtasidagi to‘qnashuvdan so‘ng Kipr qirg‘oqlariga USS Ramage kemasini yuborgani uchun AQShni qoraladi. Shuningdek, uning g‘azabiga AQSh Davlat departamentining 2024-yilda AQSh Kiprga qurol embargosini qo‘llamasligi haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi.“Bir tomondan kiprlik-greklarga, ikkinchi tomondan Gretsiyaga har tomonlama yordam berib, G‘arb klubining bu tantiq duetini Turkiyaga qarshi uyushtirib, tayyorlamoqda. AQSh ular uchun ittifoqchi va Turkiyamiz uchun dushman ekanligi haqida yana bir yorqin namuna haqida aytmoqdamiz!", - deya xulosa qildi sharhlovchi.O‘tgan hafta Anadolu manbalariga tayanib, AQSh harbiylari Suriya shimoli-sharqidagi Xasaka viloyatida RPK jangarilari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazgani, unda zenit qurilmalari va turli og‘ir qurollar ishtirok etgani haqida xabar bergandi.Turkiyada RPK bilan qurolli to‘qnashuv 1984-yilda boshlanib, 2015-yilda yana davom etgan. Iroq shimolida RPK bazalari mavjud bo‘lib, Turk Qurolli kuchlari ularga qarshi havo va quruqlik amaliyotlarini o‘tkazmoqda.
turkiya
gretsiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/18/38196993_26:0:975:712_1920x0_80_0_0_2cf969f91714bef9600137996a03fdff.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh nato bo‘yicha ittifoqchisiga urush e’lon qildi — oav
aqsh nato bo‘yicha ittifoqchisiga urush e’lon qildi — oav
AQSh NATO bo‘yicha ittifoqchisiga urush e’lon qildi — OAV
17:17 24.08.2023 (yangilandi: 18:30 24.08.2023) Yeni Safak: AQSh NATO bo‘yicha ittifoqchi Turkiyaga qarshi yashirin urush olib bormoqda.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. AQSh Turkiyaga qarshi yashirin va e’lon qilinmagan urush holatida, dedi
Yeni Safak gazetasi sharhlovchisi Tamer Qo‘rkmaz.
AQSh harbiylarining Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (RPK) jangarilari bilan o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘ulotlar jurnalistning e’tiroziga sabab bo‘ldi. "Ular Turkiyaning emas, balki RPKning ittifoqchisi ekanliklarini ko‘rsatmoqda!", — deb hisoblamoqda u.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, AQSh maxsus kuchlari qo‘mondoni Jeff Dennis yaqinda “Suriya shimolida u tayyorlagan” kurd jangchilariga “bitiruv” marosimida qatnashgan.
Turkiya, aslida uning strategik raqibi bo‘lgan AQSh bilan "yashirin", e’lon qilinmagan urush holatida! Bunday sharoitda (Oq uy rahbari Jo Bayden e’lon qilgan tahr.) “AQSh bilan yangi davr" bo‘lishi mumkin emas, - deydi Qo‘rqmaz.
Bundan tashqari, u orolning bufer zonasida BMT tinchlikparvar kuchlari va kiprlik turklar o‘rtasidagi to‘qnashuvdan so‘ng Kipr qirg‘oqlariga USS Ramage kemasini yuborgani uchun AQShni qoraladi. Shuningdek, uning g‘azabiga AQSh Davlat departamentining 2024-yilda AQSh Kiprga qurol embargosini qo‘llamasligi haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi.
“Bir tomondan kiprlik-greklarga, ikkinchi tomondan Gretsiyaga har tomonlama yordam berib, G‘arb klubining bu tantiq duetini Turkiyaga qarshi uyushtirib, tayyorlamoqda. AQSh ular uchun ittifoqchi va Turkiyamiz uchun dushman ekanligi haqida yana bir yorqin namuna haqida aytmoqdamiz!", - deya xulosa qildi sharhlovchi.
O‘tgan hafta Anadolu manbalariga tayanib, AQSh harbiylari Suriya shimoli-sharqidagi Xasaka viloyatida RPK jangarilari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazgani, unda zenit qurilmalari va turli og‘ir qurollar ishtirok etgani haqida xabar bergandi.
Turkiyada RPK bilan qurolli to‘qnashuv 1984-yilda boshlanib, 2015-yilda yana davom etgan. Iroq shimolida RPK bazalari mavjud bo‘lib, Turk Qurolli kuchlari ularga qarshi havo va quruqlik amaliyotlarini o‘tkazmoqda.