Tver viloyatida samolyot halokatga uchradi, yo‘lovchilar orasida Prigojin ham bor edi

© Sputnik / Mixail Saruk / Mediabankka o‘tishChastniy samolet poterpel krushenie v Tverskoy oblasti
Chastniy samolet poterpel krushenie v Tverskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2023
Obuna bo‘lish
Tver viloyatida biznes-samolyot qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Yo‘lovchilar orasida "Vagner" guruhi asoschisi Yevgeniy Prigojin ham bor edi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Rossiya Federal havo transporti agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Tver viloyatidagi biznes samolyoti halokatga uchragan. Samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar qurbon bo‘lgan. RIA Novosti xabariga asosan.
Tver viloyatining Kujenkino qishlog‘i yaqinida "Embrarer Legasy" biznes-samolyotining qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Samolyot Moskvadan Sankt-Peterburgga uchayotgan edi. Samolyotda uch nafar ekipaj a’zolari va 7 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, deyiladi FVV xabarida.
Rossiya Federal havo transporti agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar ro‘yxatida “Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin ham bo‘lgan. Ayni damda Tergov Departamenti surishtiruv ishlarini boshlagan. Tver viloyati gubernatori Igor Rudenya halokatni shaxsan nazoratga olgan.
Yangiliklar lentasi
0